Ilm va fantastika oraliğida: «kelajak odami» Nikola Tesla ixtirolari
|22:27 / 21.06.202054 01910 min
Nikola Tesla – aqlbovar qilmas ixtirolar muallifi. U bugunning ajralmas qismiga aylangan internet, gadjetlar, elektromobillarni qariyb bir yarim asr avval tasavvur qilgan edi.
Aytgança, elektromobillari bilan maşhur Ilon Maskning Tesla kompaniyasi ham aynan şu olimning şarafiga nomlangan.
Zamonasining da Vinçisi
Nikola Tesla – zakovati darajasi bilan öz davrining Leonardo da Vinçisi deb nom olgan, misli körilmagan ixtirolari bois «kelajak odami» deb e'tirof etilgan, özgaruvçan tok ixtirosi bilan «dunyoni yoritgan daho» nomiga loyiq körilgan.
Uning özi ham «bugun uçun emas, kelajak uçun» ixtirolar qilişini ta'kidlagandi. Teslaning nomiga patentlangan, injyeneriya sohasini özgartirgan ixtirolar 300tadan köproqni taşkil qiladi.
Nikola Tesla
Zamonaviy energiya ta'minoti tizimi, kompressor, sanoat ventilyatori, suv nasosi, elektrhisoblagiç, çastotometr, rentgen qurilmasi, avtomobil spidometri, lyuminessent lampalari, elektrsoat, elektroterapiya uskunalarining barçasi Teslaning mualliflik işlari hisoblanadi.
Şuningdek, ixtiroçi elektrodvigatel asosida harakatlanuvçi avtomobillar, dronlar, lokomotiv, buğ trubinalari ustida ham işlagan. Internet va zamonaviy gadjetlarning paydo bölişini öz ilmiy işlanmalarida taxmin qilgan, robototexnikaning ilk poydevorini qöygan.
U ilm va fantastikaning nozik çegarasida turib xavfli tajribalar olib boruvçi inson edi.
Tesla nomini turli ğaroyibotlar bilan ham boğlaşadi. Aytişlariça, u sutkasiga atigi 4 soat uxlagan. Özga sayyoraliklarni körgan, degan miş-mişlar ham bor. Töliq tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, ba'zi ixtirolari boşqa olimlar tomonidan tanqid va mazax bilan qabul qilingaç, «insoniyat hali mening ixtirolarim buyukligiga tayyor emas» deb, ilmiy işlanmalari jamlangan arxivni yoqib yuborgan.
Elektrni muşukdek qölga örgatgan olim
Tesla 1856 yilda Smilyan nomli qişloqda (öşa paytda Avstriya imperiyasi, hozirgi Xorvatiya hududi) tuğilgan. Otasi mahalliy ruhoniy bölib, öğli öz yölidan borişini istardi. Ammo Teslani boşqa narsa qiziqtirardi.
Nikolo Teslaning ota qişloği Smilyanda uning şarafiga qöyilgan haykal
Mavzuga oid
Elektrni boşqariş fikri Teslada bolalikdanoq boşlangan.
Kunlarning birida bolakay Nikola pahmoq muşugini siypalab ötirganda qöli va jonivorning junlari orasida kiçik uçqunlar paydo bölayotganini sezib qoladi. Otasi buni çaqmoq va uçqunning tabiati bir ekanligi, elektrni ham muşuk singari qölga örgatiş mumkinligini, ammo bu juda xavfliligini aytadi. Keyinçalik olib borilgan tajribalarda Tesla elektrni qölga örgatişga muvaffaq böldi. Elektromagnit maydoni ta'sirida doimiy böliş natijasida u qoronğulikda juda yaxşi körar, quyoş yoruğiga çiqqanda esa közida sançiq sezadigan bölib qolgan edi.
Bundan taşqari, Teslada infeksiyadan fobiya bor edi – infeksiya yuqtiriş xavfida doimiy qölini yuvib yuriş, odamlar bilan qöl berib körişmaslik, restoranda har bir idişni özi salfetka bilan tozalab keyin işlatiş, paşşa qöngan mahsulotni yemaslik uning odatiga aylangandi.
Toklar jangi: Edison vs Tesla
Teslaning özgaruvçan tok ixtirosi öz vaqtida boşqa olimlar tomonidan «keng foydalaniş uçun yaroqsiz», «keraksiz dahmaza» deb baholangan.
Öşa vaqtda özgarmas tokdan foydalaniş tarafdori sifatida örtaga çiqqan Tomas Edison Teslaning raqibi edi.
Bu ikki olim ilgari surgan ikki ixtironing farqi quyidagiça:
Edisonning özgarmas toki faqatgina bir yönalişda harakatlanadi, uni uzoq masofalarga (3 km.dan köp) uzatiş qiyin. Sim içida harakatlanayotgan energiyani uzatişda masofa uzaygan sari, qarşilik kuçi ham ortib boradi, qiziş natijasida energiya yöqotişlari kuzatiladi, bu öz navbatida xavfli ham.
Şu bois katta miqdordagi elektrni uzatiş uçun yoki sim kengligini eniga oşiriş (bu qimmatga tuşadi), yoki bosimni kuçaytirişga töğri kelardi.
Teslaning özgaruvçan toki esa öz yönalişini soniyasiga bir neça ön marotaba özgartira oladi, yuqori bosimga çiqqanda ham kiçik yöqotişlar bilan uzoq masofalarga yetib bora oladi.
Elektrni uzoq masofalarga qanday uzatiş – özgaruvçan tok asosidami yoki özgarmas tok asosida, bu böyiça ilmiy bahs tarixga «toklar jangi» nomi bilan muhrlandi.
Tesla va Edison
Özgaruvçan tok bu paytda fanga ma'lum bölsa-da, bir fazali bölgani bois undan foydalaniş imkonsiz, deb qaralardi. Ammo Tesla özgaruvçan tok köp fazali bölişi mumkinligini isbotladi. Ustiga-ustak, hozirgaça heç kim uddasidan çiqa olmagan işni qildi – özgaruvçan tok uçun generator va dvigatel yasadi.
Tesla generator ixtirosi uçun patentni 1 mln dollar evaziga Jorj Vestingauzga berdi, Vestingauz generatorni öz davrining eng yirik elektrostansiyasi – Niagara şarşarasidagi GES uçun foydalandi.
Özgarmas tokni ommalaştiriş ortidan kattagina biznes imperiyani qurib olgan Tomas Edison öz raqibini obrösizlantiriş maqsadida omma oldida özgaruvçan tok xavfini körsatadi – jonivorlarni şu tok orqali öldiradi. Edison özgaruvçan tok orqali odamlarni ham öldiriş mumkinligini ma'lum qilgaç, mahkumlarni qatl etiş uçun qöllaniladigan elektr stul ixtiro qilinadi.
Bunga javob sifatida Tesla hatto olimlarni ham hayratga solgan namoyişni ötkazadi – özgaruvçan tokni öz tanasi orqali ötkazib, lampani yoqişga muvaffaq böladi.
Toklar jangi 100 yildan ortiqroq – har ikki olimning vafotidan söng ham davom etadi. Bu bahs Nyu-York elektr ta'minotida özgarmas tokdan özgaruvçan tokka ötgandan keyingina rasman yakun topdi.
Bugun Teslaning ixtirosi sanoat tarmoqlarini, Edisonning ixtirosi esa kiçik maişiy xöjaliklarni elektr bilan ta'minlaş uçun foydalaniladi.
Xavf va joziba kesişgan nuqta: Tesla transformatori
Tesla transformatori (Tesla katuşkasi) – olimning eng hayratlanarli, bugungi kunda ham köplab şoularda qöllaniladigan ixtirosi.
Yuqori çastotalarda bosim hosil qiluvçi bu transformatorni Tesla yuqori voltli quvvatlar bilan işlaş uçun yaratgan edi.
Tesla katuşkasi
Katuşka juda xavflidek körinişi barobarida, jozibasi bilan mahliyo ham etardi – transformatordan elektr toki bir neça metrgaça oçiq holda tarqalar, bu bilan çaqmoqni eslatardi.
Vordenklif minorasi – internetning katta otasi
Tesla zamonaviy gadjetlar va internetning paydo bölişini avvaldan taxmin qilgan edi. «Vordenklif minorasi» yoki «Tesla minorasi» deb nomlanadigan loyiha energiya va axborotlar oqimini yuboriş uçun tabiiy çastotalardan foydalanişni nazarda tutardi.
Vordenklif minorasi
Bu – zamonaviy tilda aytganda simsiz aloqa, energiyaning simsiz uzatmasi prototipi edi. Mohiyatan, bu loyiha havo yoki efir oqimlari orqali energiya uzatiş va qabul qiliş imkonini berişi kerak edi.
Teslaning özi bu loyihani quyidagiça izohlaydi:
«Bu loyiha amalga oşsa, Nyu-Yorkda turgan biznesmen bergan buyruqlar uning Londondagi yoki dunyoning istalgan nuqtasidagi ofisida bir zumda paydo böladi. U öz iş joyida turib xuddi şu uskuna orqali sayyoradagi istalgan abonentga qönğiroq qila oladi. Qöl soatidek hajmdagi uskuna öz egasiga suvda ham, quruqlikda ham musiqa tinglaş, masofalardan turib siyosatçilar, olimlarning nutqlarini eşitiş imkonini beradi. Istalgan surat, ramz, matn ham xuddi şu tarzda bir nuqtadan ikkinçi nuqtaga uzatiladi. Millionlab bunday uskunalar yagona stansiya orqali boşqariladi».
Sinoatli «Filadelfiya tajribasi»
Tesla nomi bilan boğliq eng sinoatli voqeliklardan biri «Filadelfiya tajribasi» bölib, u fantastik kino va adabiyotlarda ham muhrlangan. Miş-mişlarga köra, Tesla harbiylar bilan hamkorlik qilgan, hamkorlikdagi loyihalardan biri teleportatsiya (vaqt va makon kesimida harakatlaniş) va kemalarni radarlardan himoyalaş texnologiyasi bölgan. Biroq bu loyihalar yakuniga yetmagan – olim yurak yetişmovçiligidan vafot etadi.
Filadelfiya tajribasida iştirok etgan «Eldrij» kemasi
Ammo uning vafotidan keyin ham harbiylar olimning işlanmalariga tayangan holda loyihani davom ettirişadi. Göyoki «Eldrij» nomli kemaning atrofida tajriba sifatida hosil qilingan elektromagnit maydoni uni nafaqat radarlar uçun, balki inson közi uçun ham körinmas qilib qöyadi – kema mutlaqo yöqolib qoladi. Hatto kemani ekipaji bilan birga tajriba ötkazilgan joydan 200 km nariroqda körişgani ham aytiladi. Ekipaj a'zolari şu voqeadan söng zamon va makon borasida möljalni yöqotib qöyişadi. «Filadelfiya tajribasi» çindan ham şunday yakun topgan-topmagani tasdiqlanmagan.
Vaqt maşinasidan teleportatsiyagaça
Olim avtomobil uçun elektrodvigatel ustida ham işlagan. 1931 yilda özgaruvçan tok asosida harakatlanuvçi maşinani namoyiş qiladi – bu maşina 150 km/soat tezlikkaça çiqa olişi, quvvatlantirmasdan turib bir haftagaça harakatlanişi mumkin edi. Bu ixtiro zamona odamlari tomonidan mazax va kulgi bilan qabul qilinadi, dvigatel çizmalari saqlab qolinmaydi.
Tesla ölimidan bir muddat avval 10 ming dona samolyotni qiriş kuçiga ega energiyani özida jamlovçi «ölim nuri»ni yaratganini aytgan.
U vaqt maşinasi, fikrlarni muhrlovçi fotoapparat, teleportatsiya uskunasi kabilar ustida işlagani ham aytiladi.
Tesla ixtirolarining sinoati hozirgaça olimlarni hayratga solib keladi.
«Hali turmuşimizning eng buyuk sirlarini yeçişimiz kerak. Hatto ölim ham intiho bölmasligi mumkin».(Nikola Tesla)