Biz heç qaçon qaytib körmaydigan 10 buyuk kaşfiyot
|16:38 / 15.06.2017241 33810 min
Sayyoramizda ixtiroçilar va kaşfiyotçilar hamma asrda ham bölgan. Huv neça ming yillar avval kimdir olovdan qanday foydalanişni tuşunib yetganidan boşlab kaşfiyotlar hayotimizni jönroq va qulayroq qilişga xizmat qilib kelmoqda. Masalan, inson Yer kurrasining istalgan nuqtasiga özi bilan olib borişi mumkin bölgan öşa telefonni oling. Lekin butun olamni ostin-ustun qilib yuboruvçi barça ixtirolar ham ommaga oşkor etilmagan. Hi-news.ru biz ehtimol heç qaçon qaytib körmaydigan, hayotimizni tubdan özgartirib yuborişi mumkin bölgan ön ixtironi sanab çiqdi.
Yomğir çaqiruvçi qurilma
Istalgan paytda buyruq berib, yomğir çaqiriş imkoniyati naqadar zör, töğrimi? Men ştatida çernika hosiliga tahdid solgan qurğoqçilikni oldindan köra bilgan olim Vilgelm Reyx Cloudbuster deb atalgan ixtirosini taqdim etgan. Uni bemalol «yomğir çaqiruvçi» qurilma, deb tarjima qiliş mumkin.
Bu maşinaning iş uslubini ilk marta yoritgan Bangor Daily News naşrining xabariga köra, uni işga tuşiriş oldidan ob-havo ma'lumotida yomğirdan darak bölmagan. Reyz maşinani işga tuşirganidan bir neça soat ötib, osmonni qalin bulutlar qoplagan va 0,64 millimetr yomğir yoğgan.
Reyxning texnologiyasi hukumatning ba'zi bir taşkilotlariga tahdid tuğdirgandirki, şu sababli uning işlariga yakun yasalgan, maşinasi tortib olingan. Maşinaning ikkinçi sinovi ötkazilmasdan qolgan. Lekin «yomğir çaqiruvçi» uskuna oxirigaça işlab çiqilganida, dunyo böylab mahsulot yetişmovçiligi kuzatilmasmidi...
Xonaki yadro energiyasi
Yadro energiyasi butun dunyo böylab uzoq vaqt uy xöjaligi uçun zarur katta hajmdagi energiya işlab çiqaruvçi usul sifatida taniştirib kelingan. Yadro energiyasidan oz-ozdan foydalaniş uslubini qöllab, butun bir mahallalar uzoq vaqt undan tuganmas energiya manbai sifatida foydalanişlari mumkin edi.
Bu texnologiya işlab çiqarişning bozor fazasiga olib çiqilgaç, investorlar kutilmaganda unga qiziqmay qöyişgan, uning çizmalari esa allaqaysi ofisdagi şkaflarda yöqolib ketgan. Bunday qurilma uçun şahar markazida qurilgan kiçikroq omborxona boşpana bölib xizmat qilişi mumkin edi.
Mavzuga oid
U butun bir tumanning energetik markazi bölişi, bir neça kvartallarni bir vaqtning özida energiya bilan ta'minlaşi mumkin edi. Bunday qurilma insonlarga tuganmas elektr energiyasi taqdim etib, bu borada katta iqtisod qilişlari uçun zamin yaratardi.
Slootning raqamli kodi
Bu ixtiro haqiqatdan ham 1999 yildan beri «bedarak yöqolgan» hisoblanadi. Zamonaviy texnologiya yutuqlari şarofati bilan kodlaştirişning bu usuli zamonaviy kompyuterlar va mobil qurilmalarning fazoviy va töplovçi xususiyatlarini ostin-ustun qilib yuborgan bölardi.
Niderlandiyalik ixtiroçini Romke Yana Benhard Sloot deb ataşardi. Uning texnologiyasi yordamida ma'lumotlarni yanada ziçlaştiriş mumkin edi. Uning ixtirosi testdan ötkazilgani tasvirlangan illyustratsiyaga köra, tölaqonli bir badiiy film bor-yöği 8 kilobayt ölçamga ega bölgan.
Şifrlaş jarayoni algoritmining özi 370 megabaytga teng bölgan. Sloot öz loyihasining muvaffaqiyatini namoyiş etiş asnosida 64 kilobaytlik çipdan 16 ta töliq metrajli filmni qöyib bergan. Xaridorlar va investorlar uning ixtirosini qölga kiritiş uçun navbat hosil qilib turgan bir paytda, kodni topşiriş marosimidan bir neça kun avval Sloot şubhali holatda ölim topadi.
Töliq elektr avtomobil (gibrid emas)
1990-yillar söngida General Motors töliq elektr avtomobilni bozorga taqdim etgan. Hozir gibrid avtomobillarning ming xil turi işlab çiqarilayotgan bir paytda bu narsa oddiydek tuyulsa-da, bu transport şu turdagilari içra birinçisi bölgan.
Ayni paytdagi, gazli dvigatellarning elektrligi bilan birlaştirişning nisbatan liberalça yondaşuvlarida ham umuman benzin talab etmaydigan ommabop avtomobil yaratilganiça yöq. GM EV1 ham muvaffaqiyatli loyiha bölişga intilmagan; GM boşlamasiga 800ta şunday maşina yasagan.
Biroq, öşa vaqtlarning xabarlariga köra, GM batareya energiyasidan xaridorlar norozi böladi deya, bu maşinalarni işlab çiqarişdan olib taşlab, bor e'tiborini mukammal benzinli avtomobillarga qaratgan. Ba'zi bir fikrlarga köra, GM köplab elektr avtomobil işlab çiqarib sotişni rejalaştirgan, biroq neft kompaniyalarining bosimiga duçor bölgan.
Yurak-qontomir kasalliklarini davolaş
Yurak-qontomir kasalliklari dunyo böylab ayollar (erkaklarning ham, albatta) ölimiga eng katta sabab ekan, kuni kelib samarali davolaş vositasi topilişini öylaşning özi vahimali. Bu taqiqqa uçragan ixtirolardan biri hisoblanadi, çunki öşa vaqtning joriy davolaş usullariga mutlaqo zid edi.
Amerika meditsina assotsiatsiyasining ma'lumotlariga köra, bu ixtiro nafaqat joriy davolaş usulini, bu usulni qöllayotgan vraçlarni ham obrösizlantiradi. Ularning bayonoti «insonning yurak-qontomir kasalliklari yagona nazariyasi» usuli bilan şifo topgan insonlar haqidagi faktni oçiqdan-oçiq inkor etadi. Boz ustiga, yurak yetişmovçiligi dardiga mubtalo bölgan ayrim bemorlar bu usuldan keyin ahvollari oğirlaşganini ham bayon etişgan.
Naşadan bioyonilği
Marixuana bilan adaştirib yuborişadigan naşa doim bu ösimlikning asl ustunliklarini köra bilmaganlar orasida salbiy tomondan tanilgan. Undan ulkan miqdorda etanol olingan. Biroq naşani marixuananing özginasi deb hisoblaşlari bois, etanol makkajöxoridan olina boşlangan. Biroq naşa etanoli işlab çiqaruvçi zavod makkajöxorinikidan karrasiga samarali bölişi mumkin, boz ustiga, uning atrof-muhit uçun zarari kamroq böladi.
Ogl karbyuratori
Töldirilgan bak bilan imkon qadar köproq kilometr bosişni kim istamaydi, deysiz! Zamonaviy gibrid avtomobillarda hozir uşbu usuldan foydalanilmoqda. Afsuski, hattoki ular ham mexanik Tom Oglning hujjatlaştirilgan ixtirosi oldida ip eşolmay qoladi.
1970-yillarda bu ixtiroçi biz haligaça muqobilini uçratmagan karbyuratorni ixtiro qiladi. Xuddi bugungidek, gaz va neft kompaniyalari öşanda ham bozorda monopoliya örnatib olişgan edi. Garçi Ogl karbyuratori 1 litr benzinda 48 kilometr yöl bosiş mukinligini körsatib bergan bölsa-da, u yaratgan qurilma tijoriy miqyosda işlab çiqarilmagan.
Inqilobiy tarkibiy qism benzinni bosim ostida buğga aralaştirib, içki yonuv kamerasiga purkaş hisobiga işlardi. Lisenziyalaştiriş bilan boğliq muammolar ixtironing ğildiragiga çöp tiqdi va karbyurator heç qaçon ommaviy işlab çiqarişga tatbiq etilmadi, Oglning özi esa qurilmasi haqidagi ma'lumotlarni özi bilan qabriga olib ketdi.
Rayf qurilmasi
1934 yili Royal Rayf saraton kasalligiga qarşi kuraşuvçi maşina yaratadi. Öşa vaqtlarda saraton virusga turdoş kasallik hisoblanardi. Şu sababli Rayf ma'lum bir zararlangan hujayralarga hujum qilib, uni yöqotuvçi lazer nuri yaratadi.
Uydirmaga öxşab körinayaptimi?
Bu davolaş usuli bilan saratonning terminal bosqiçida bölgan 14 nafar bemor davolangani hujjatlaştirilgan. Biroq, Rayf Amerika meditsina assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilişdan boş tortgaç, taşkilot uning yondaşuvni obrösizlantiriş uçun qölidan kelgan barça işni qiladi.
Endi esa AMA davolaşning bu usuliga qarşi bevosita kuraşganini isbotlovçi birorta dalil qolmagan. Rayf AMAni boşqa tibbiyot taşkilotlari bilan til biriktirganlikda ayblagan. Biroq, uning davolaş usuli töliq samarali bölganini ham tasdiqlovçi birorta dalil bizgaça yetib kelmagan.
Suvda yuruvçi transport
Naqadar hayratlanarli körinmasin, suvda harakat qiluvçi bu transportning işlab turgan önlab nusxasi mavjud. Qaysi bir avtoişlab çiqaruvçi bu bilan albatta, heç qaçon jiddiy qiziqmaydi.
Bunday turdagi eng maşhur avtomobillardan biri Sten Meyyer tomonidan yaratilgan baggi tipidagi maşinadir. Bu ixtiro 1 litr suvda 43 kilometr yöl bosişi mumkin bölgan. Meyyerga yaqin hamkasblarining aytişiça, unga patentni sotişi va bu boradagi tadqiqotlariga nuqta qöyişi uçun juda katta bosim uyuştirişgan.
Biroq u rad javobini bergan. Garçi keyinçalik döstlari va hamkasblari uning yirik neft kompaniyalari taklifiga könmagani uçun zaharlaşganini aytişsa-da, Meyyer kutilmaganda miya anevrizmasi tufayli hayotdan köz yumgani ma'lum.
Tekin energiya (Nikola Tesla)
Nikola Tesla jahondagi eng maşhur ixtiroçilardan biri bölgan. Garçi uning idroki bilan yaratilgan biror narsa inqilobiy özgarişlar olib kelmagan bölsa-da, tekin elektr energiyasi bir neça bor fitna nazariyasiga qiziquvçilarning boş mavzusiga aylangan. Elektr energiyasini simsiz uzatişning muvaffaqiyatli (va hujjatlaştirilgan) sinovidan söng Tesla bu hodisani kuçaytirib, bitta minora bilan ulkan hududlarni energiya bilan ta'minlaş ustida iş olib borayotganiga şama qiladi.
Öşa paytlar köpçilik Tesla buning uddasidan çiqişiga işonardi. Biroq, loyihani moliyalaştiriş biror natijaga olib kelmaydi, Teslaning laboratoriyasi esa çizmalariyu rejalari bilan sirli ravişda kuyib kul böladi. Bu hodisa bostirilgan va böğilgan ixtirolar içida eng sirlisi va yaxşilab hujjatlaştirilgani sanaladi.
Yuqoridagi ixtirolarning har birini yaqin kelajakda qayta körişimiz duşvor, fitna nazariyasi işqibozlari esa bu mavzularga hali bot-bot murojaat qilib turişadi.