O‘zbekiston | 01:51 / 22.06.2020
25632
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rta Chirchiq «qizil» hududga aylandi: tumanda 4 ta ko‘cha yopildi

Foto: O‘rta Chirchiq tumani hokimligi

Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘rta Chirchiq tumani 20 iyun holatiga «qizil» hudud, deb belgilandi.

Bu haqda tuman hokimligi rasmiy Telegram kanali xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, Toshkent shahri Bektemir tumanidagi sharob zavodida ishlovchi 5 nafar o‘rtachirchiqlik fuqaroda infeksiya aniqlangani bois, hozirda ularning xonadonlari qat'iy nazoratga olingan. Shuningdek, ular bilan muloqotda bo‘lganlar ham tibbiy kuzatuv ostiga olingan.

Shuningdek, O‘rta Chirchiqdagi 4 ta ichki ko‘chalar karantinga yopilgan. Ushbu ko‘chalarda harakatlanish taqiqlangan. Yo‘l yoqalari va ko‘zga ko‘rinarli joylarga «qizil» hudud» belgilari o‘rnatildi.

Mavzuga oid