Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida Cobalt yo‘ldan qayrilib olayotgan Nexia 2 ga borib urildi. YTH oqibatida ikkinchi mashinada yong‘in yuzaga keldi. Hech kim jarohatlanmadi.
Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi O‘rta Chirchiq tumanida avtomobilda kelib chiqqan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 24 mart kuni soat 17:30 larda O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tgan Toshkent shahri—Nurafshon shahri avtomobil yo‘lining 17-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bunga Nexia-2 rusumli mashina ruxsat etilgan joydan qayrilib olayotgan vaqtda, Nurafshon—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt u bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida Nexia-2 rusumli mashinada yong‘in kelib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, YTH va yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘ligiga ziyon yetmagan.
«Holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Bank-moliya akademiyasi binosi oldida transport vositasi yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026