O‘zbekiston | 23:21 / 22.06.2020
49759
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri va viloyatida aholi orasida koronavirus aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 60 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 22 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6461 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 1 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Kun davomida aniqlangan 146ta holatning barchasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qayd etildi. Shundan 136 nafari Karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (shundan 4 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 5 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shuningdek, Namangan, Buxoro va Toshkentda jami 73 bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 4450 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1992 bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 35 690 nafar, statsionar karantinda esa 22 614 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid