Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi
Bugun O‘zbekiston hududida ob-havo juda issiq bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, harorat 39-42 darajagacha, janubiy tumanlarda va Navoiy va Buxoro viloyatlarining cho‘l zonasida 43-44 darajagacha ko‘tariladi, bunday harorat shu kun uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqori. Turkmaniston hududidan issiq havo kirishi kuchayishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin.
23 iyunda Qozog‘istondan atmosfera fronti o‘tishi bilan O‘zbekistonda ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi kutilmoqda. Respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent viloyatida ertalab va kechqurun, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat sezilarli pasayadi va 35-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l zonasida 42 daraja issiq bo‘ladi. Havo oqimining o‘zgarishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.
24-25 iyunda respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
26 iyunda mamlakat shimoliga, 27 iyunda qolgan hududlarga Volgabo‘yidan sovuq antitsiklonning kirishi kutilmoqda. Havo harorati 8-10 darajaga pasayib, 27-30 darajani tashkil qiladi, bu me'yoriy haroratdan 5-6 darajaga pastdir, tungi harorat esa o‘sha me'yorlarda saqlanib qoladi — 19-24 daraja bo‘ladi. Sovuq front o‘tishi bilan yana shamol kuchayib, 15-20 m/s tezlikda esishi prognoz qilinmoqda.
Mavzuga oid
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026