O‘zbekiston | 23:35 / 23.06.2020
45971
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Bugun O‘zbekistonda 200dan oshiq yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 127 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 23 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6662 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 79 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafar Xorazm viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 3 nafari Namangan viloyatida aholi orasida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 201ta yangi holat qayd etildi, 110 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4560 nafarga yetdi. 

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2083 bemor davolanmoqda, ulardan 17 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid