O‘zbekiston | 10:03 / 23.06.2020
29591
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 6500ga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 39 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 23 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6500 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

22 iyun kuni jami 146ta yangi holat aniqlandi, 73 bemor tuzaldi va jami tuzalganlar soni 4450 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2031 bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid