09:00 / 26.06.2020
8461
Reklama

INVENTO International School: bolalarning har tomonlama barkamol rivojlanishlari uchun qanday sharoitlar zarur?

INVENTO International School bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish zarurati haqida maslahat beradi.

INVENTO International School – bu o‘z oldiga 2 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sifatli maktabgacha ta'lim taqdim etish maqsadini qo‘ygan Tashkent City xududida joylashgan yangi loyiha. INVENTO bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchilarning rivojlanishlari hamda ulardagi eng sara xislatlarni tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar barpo etilgan.

INVENTO bog‘chasi har bir jabhada o‘z tarbiyalanuvchilariga bo‘lgan mehr bilan harakat qiladi, ta'lim va tarbiya jarayoni esa Xalqaro Bakalavriat (IB PYP) dasturi bilan to‘liq muvofiqlikda amalga oshirilib, unda har bir bolaning qobiliyatlarini to‘liq ochib berishga qaratiladi.

O‘yin shaklidagi ta'lim uslubi

Guruhlardagi o‘yin shaklidagi darslar haqiqatan ham eng samarali o‘qitish uslublaridan biri hisoblanadi. Chunki, o‘yin jarayonida bola mustaqil qaror qabul qilish va tengdoshlari bilan kelishishni o‘rganadi. Natijada, unda tahliliy fikrlash bilan birgalikda ijtimoiy ko‘nikmalar ham rivojlanadi. INVENTO bog‘chasida akademik darslar rivojlantiruvchi o‘yinlar bilan ketma-ketlikda olib boriladi.

Ushbu maqsadlar uchun bog‘chada KIDZANIA barpo etilgan. Bu yerda bolalar mini-shaharchaning aholisi bo‘lib, ular o‘zlarini turli kasb egalari: o‘t o‘chiruvchi va shifokordan tortib to telefon aloqa operatorigacha bo‘lgan mutaxassisliklarda sinab ko‘rishlari mumkin. KIDZANIA shaharchasidagi o‘yin davomida tarbiyalanuvchilar o‘zaro munosabatlar o‘rnatishni hamda har bir kasbning zaruratini anglab yetadilar.

Ijodiy qobiliyatlarga urg‘u berish

Ijod bolalarning fikrlashlari uchun kuchli turtki bo‘la oladi. Bolalar o‘tkir zehnli hamda kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishlari uchun boy ijodiy muhit kerak bo‘ladi.

INVENTO – bu haqiqiy ijodiy mashq maydoni bo‘lib, u yerda bolalar mahsus art-xonadagi ulkan tasmalarda rasm chizishni o‘rganishlari, keng xoreografiya zalida raqs tushishlari va amfiteatrda ota-onalarini aktyorlik mahoratlari bilan xursand qilishlari mumkin.

Ovqatlanish dasturi

Ovqatlanish sifati farzandning qanchalik jismonan baquvvat, sog‘lom va rivojlangan bo‘lishini belgilab beradi. INVENTO International School bog‘chasida maxsus besh mahal ovqatlanish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, u bolalarning sog‘ligi uchun zarur oqsil va uglevodlar, vitamin va minerallarga boy taomlarni o‘z ichiga oladi. Allergiyaga moyil yoki ma'lum turdagi mahsulotni istemol qilinishi taqiqlangan bolalar ovqatlanishiga bo‘lsa alohida e'tibor qaratiladi.

Tarbiyalanuvchilar ratsioni turli boshoqli va donli mahsulotlardan bo‘tqalar, tabiiy go‘sht va sut mahsulotlari, meva va sabzavotlar, foydali sho‘rva, salat va albatta desertlardan tashkil topgan. Taomlarning sifatini O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasiga kiruvchi mutaxassislar nazorat qilib boradilar.

INVENTO International School bolalar bog‘chasining yaratilishida mahalliy hamda xorijiy pedagoglar, psixologlar, diyetolog va xokazo mutaxassislarning eng ilg‘or g‘oyalari mujassamlashgan. O‘nlab professionallar mehnati evaziga bog‘chada bolalar uchun ularning o‘z uylaridagi kabi mehrga to‘la sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Har bir ota-ona esa INVENTO bo‘ylab ekskursiyada yuqorida keltirilgan so‘zlarning guvohi bo‘lishi mumkin.

Telefon: (+998) 71 210-99-99

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 4A, Tashkent City XIM

Sayt: invento.uz

Telegram: t.me/Inventouz

Instagram: @Inventouz

Facebook: fb.com/Inventouz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top