«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ: viloyat elektr energiyasi tizimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «Xorazm viloyatida elektr energiyasi borasida olib borilayotgan ishlar tahlili va istiqbolli loyihalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyat rahbariyati va mutasaddilari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Jamiyat bosh direktori M.Bazarimbetov anjumanni ochib berar ekan yig‘ilganlarga oshkora suhbat bo‘lishini, barcha savollarga javob olishlari mumkinligi haqida eslatib o‘tdi.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Davlat dasturlari asosida mamlakatimiz bo‘ylab elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarini ta'mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabridagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2661 sonli qarori asosida 83 ta transformator, 151,4 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari o‘rnatildi. Karantin davrida, ya'ni mart, aprel, may oylarida 104,9 km elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazilib, 57 dona transformator o‘rnatildi.
Elektr uskuna va tarmoqlarni yangilashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash eng muhim masalalardan biridir. Shu bois, tayanchda o‘rnatilgan germetik transformatorlar, izolyatsiyalangan SIP simlardan foydalanish natijasida elektr energiyasini uzatishda tarmoqdagi yo‘qotishlar va inson hayotiga xavf soluvchi omillarning oldi olinmoqda. Natijada, iste'molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berilmoqda va uning ishonchliligi ta'minlanmoqda.
Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida viloyatda mavjud 383299 ta jismoniy va ulgurji iste'molchilarga 648,7 mln kVt∙soat, ya'ni 244,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi yetkazib berildi. 2019 yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich qariyb 14 foiz ortiqni tashkil etadi. Karantin davrida aholiga qator imkoniyatlar berilib, iste'molchilarning ushbu davrda foydalanilgan energiyadan yuzaga kelgan 3,3 mlrd so‘mlik qarzini undirish vaqtincha kechiktirildi.
Anjumanda jamiyat bosh direktorining o‘rinbosarlari o‘z yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ana shu ishlar haqida gapirib va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdilar.
Shundan so‘ng korxona bo‘ylab qisqa press-tur tashkil etildi.
Ishtirokchilar tezkor dispetcherlik xizmati xonasida bo‘lib, tizim faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ta'bir joiz bo‘lsa viloyatdagi butun elektr energiyasi yetkazib berish tizimining yuragi sanalgan majmua faoliyati barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Press-tur doirasida ishtirokchilar muzokaralar xonasida bo‘lib yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Matbuot anjumanida sohada o‘tgan 5 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, galdagi turgan asosiy vazifalarga ham OAV vakillarining e'tiborini tortdi.
Anjuman so‘ngida jamiyat tomonidan 27 iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida tashkil etilgan anjumanda korxona rahbariyati tomonidan soha xodimlarining mehnatlari alohida e'tirof etildi.
Ularga «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari bilan kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:47 / 31.07.2024