Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekgidrogeologiya» isloh qilinadi - Hukumat qarori loyihasi
Yer osti suvlaridan foydalanish va boshqarish tizimi yanada takomillashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat geologiya qo‘mitasi tizimidagi “O‘zbekgidrogeologiya” davlat unitar korxonasini “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasiga aylantirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.
Quyidagilar “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
respublika hududida yer osti suvlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda yer osti suv zaxiralarini tizimli ko‘paytirib borishni yo‘lga qo‘yish;
uzoq va qisqa muddatli dasturlar asosida regional gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish, yer osti suvlarini, shu jumladan chuchuk, kam sho‘rlangan, mineral, termal va sanoat ahamiyatiga molik yer osti suv zaxiralarini qidirish va baholash, shuningdek ular hisobiga aholi, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini qondirishni asoslash;
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda yer osti suvlari davlat monitoringini tizimli tashkil etish, suvdan foydalanish hisobini samarali olib borish hamda tegishlicha davlat suv kadastrini yuritish;
yer osti suvlari sifati o‘zgarishini kuzatib borish, ularning kamayib ketishi va ifloslanishidan muhofaza qilish hamda ulardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
sohaga ilg‘or ilmiy ishlanmalarni keng joriy etish, gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish uslublari va texnologiyalarini takomillashtirish hisobiga yer osti suvlarining boshqarish samaradorligini oshirish;
yer osti suvlari sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblarini yengillashtirish va tegishli jarayonlarning shaffofligini ta'minlash.
Davlat geologiya qo‘mitasi uch oy muddatda gidrogeologiya sohasida ilmiy ishlanmalarni tayyorlash va amaliyotga joriy etish, shuningdek gidrogeologik tadqiqotlar yo‘nalishidagi loyihalarni shakllantirish, ularni sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasi va Geologiya fanlari universiteti o‘rtasida birlashgan Ilmiy texnik kengash tuzilishini va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishni ta'minlaydi.
Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda 2021 yildan boshlab respublikadagi mavjud yer osti suvlarining zamonaviy holatini baholaydi.
Bunda:
Geologiya fanlari universitetining ilmiy kadrlar salohiyatini hamda “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining yuqori malakali mutaxassislari va moddiy-texnik imkoniyatlarini keng jalb etilishiga;
respublikada ichimlikka yaroqli yer osti suvlari miqdori va sifat jihatdan baholanishiga, tashqi omillar ta'sirida yuzaga kelgan o‘zgarishlar sababi va xususiyatlarini tahlil qilinishiga;
hududlar kesimida yer osti suvidan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ularni kamayib ketishi va ifloslanishdan muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqilishiga;
yer osti suvlarini baholash ishlarini hududlar kesimida amaliy tadqiqotlarni qo‘llagan holda mufassal o‘tkazilishiga alohida e'tibor beriladi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026