O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 7700ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 131 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 27 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7682 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 45 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida, 32 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 34 nafar Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun kun davomida 255ta yangi holat aniqlandi va 202 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 5240 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 2422 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022