O‘zbekiston | 14:10 / 29.06.2020
1932
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pudrat tashkilotlarning reytingi ishlab chiqiladi 

O‘zbekistonda pudrat tashkilotlarning reytingi ishlab chiqiladi. Bu haqda Qurilishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, pudrat tashkilot ishchi muhandislari sifatini o‘z ichiga oladigan reyting tizimi ishlab chiqilmoqda. Unda ishchi muhandislarning kasbiy bilimi, korxona bajargan ishlari ko‘lami, soliq to‘lovi, bankdagi hisobi va shu kabi omillarni o‘z ichiga oladi.

2020 yil yakuniga qadar bu boradagi ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar tuzilib olingani aytiladi.

Bildirilishicha, buyurtmachi faoliyatida tenderlarga rioya qilinmagan va oxirgi 2 yil ichida davlat dasturlari doirasida bor yo‘g‘i 182ta tender o‘tkazilgan. 

Vazirlik rivojlangan xorijiy  davlatlar mutaxassis konsultantlari bilan mukammal tender portalini ishlab chiqmoqda. Natijada davlat dasturlari yagona portal orqali raqamli shaklda bo‘ladi, bu shaffoflikni ta'minlaydi.

“Qurilish sohasida raqamlashtirishni to‘liq joriy etishda Geoaxborot tizimi ham alohida ahamiyatga egadir.  Bu tizimga O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik genplanlari joylashtiriladi. Joriy yilning 1 iyunida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushirilgan “Shaffof qurilish” axborot tizimiga Geoportal ham integratsiyalashtirilgan. Endilikda yurtimizda ish boshlamoqchi bo‘lgan xorijiy investorlar qayerda qanday qurilish ishlarini olib borishlarini mumkinligini shu tizim orqali bemalol bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Qurilish nazoratini to‘liq raqamlashtirmoqdamiz. Bu bilan avvalo nazorat inspektorlariga qulaylik yaratiladi. Natijada nazorat yaxshilanadi. Ishning sifati  oshib, unga bo‘lgan vaqt sarfi ham anchagina kamayadi. Shuningdek, jarayon raqamlashtirilgandan so‘ng vazirlik mutasaddilarining inspektorlar faoliyatini to‘liq nazorat qilishiga erishiladi. Natijada korrupsiyani oldi olinib, jarayon shaffoflashadi. Bu o‘z navbatida tadbirkor pudratchilar faoliyatini ham osonlashtiradi. Ortiqcha sarsongarchilik va qog‘ozbozlikka barham beriladi. 

Endilikda vazirlik rasmiy saytiga qurilish jarayoni kalkulyatori joylashtiriladi. Bu nima degani? Istagan kishi, xoh yurtdoshlarimiz yoki xorijiy investorlar bo‘lsin, undan bemalol foydalanishlari mumkin. Deylik, ular O‘zbekistonda biror bir obekt qurmoqchi. Buning uchun ishni nimadan boshlash kerak, qanday jarayonlardan o‘tiladi yoki qaysi hujjatlar talab etiladi, hattoki sarflanadigan mablag‘ va vaqt hajmi ham unda aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi”, - deyiladi ma'lumotda.
 
Shuningdek, vazirlik qoshida qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Markazi ham tashkil etildi. Unga sohani to‘liq raqamlashtirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, loyiha va pudrat tashkilotlari reytingi, tanlov savdolari va ekspertiza jarayonlarini elektronlashtirish, qurilishda raqamlashtirilgan nazoratni amalga oshirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid