O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8800ga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 110 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 1 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8781 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 10 nafar Sirdaryo viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Samarqand va 1 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 278ta yangi holat qayd etildi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Buxoroda 165 bemorga javob berildi, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5847 nafarga yetdi (66 foiz).
Hozirda shifoxonalarda 2907 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 18 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022