Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hozirgacha uy-joy sotib olish uchun subsidiya so‘rab 18,4 mingdan ortiq ariza kelib tushgan – DXA
Davlat xizmatlari agentligining xabar berishicha, 6 iyul kuniga qadar uy-joy sotib olishga subsidiya olish uchun 18,4 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.

«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan joriy yilning 6 iyul kuniga qadar Davlat xizmatlari markzalari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olishga subsidiya olish uchun 18,4 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.
Shundan, 2,5 mingdan ortiq (14 %) fuqarolarga subsidiya ajratish uchun xabarnomalar berilgan, 6 mingga yaqin (32,5 %) fuqarolarning arizalari rad etilgan, 1,3 mingdan ortiq (7 %) arizalar fuqarolar tomonidan bekor qilingan va 8,3 mingdan ortiq (45 %) arizalar tuman (shahar) komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda», deya agentlik direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agentlik tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida 550dan ortiq fuqarolarning arizalari vakolatli tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmagan holatlar aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga 64 ta taqdimnoma, 400 ta ogohnoma kiritildi va 43 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, daromadi yuqori bo‘lmagan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlargina uy-joy xarid qilish uchun subsidiya olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak
Jahon | 11:21
-
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:16
-
Mirzabek Xolmedov Satira teatriga direktor etib tayinlandi
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

11:26 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

09:41 / 16.05.2025