Koronavirus: Andijonda kasallanish holatlari soni keskin o‘sdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 123 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 6 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10143 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Andijon viloyatida (shundan 58 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 20 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
5 iyul kuni jami 312ta yangi holat qayd etildi, uch kishi vafot etib, jami o‘lim holatlari soni 34taga yetdi.
Shuningdek, Toshkentdagi shifoxonalarda jami 159 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6584 nafarni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3524 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022