Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda dori-darmon ajiotaji boshlandi. To‘qayev fuqarolarni sarosimaga berilmaslikka chaqirdi
Foto: Tengrinews
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev dori-darmonga talab oshib ketgani ortida aholiga murojaat qildi. U fuqarolarni sarosimaga berilmaslikka chaqirgan.
“Huquq-tartibot idoralari mening topshirig‘imga ko‘ra dori-darmon chayqovchiligi bilan shug‘ullanayotganlarni ushlashni boshladi. Fuqarolarni dori-darmon bilan ta'minlash bo‘yicha ish davom etmoqda. Fuqarolarga dori-darmonga talab oshishiga olib keluvchi sarosimaga berilmaslik iltimosi bilan murojaat qilaman”, deb yozgan Qozog‘iston prezidenti Twitter’da.
Bir kun avval Qozog‘istondagi dorixonalarda dori tanqisligi sababli odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali bir-birlaridan yordam so‘rayotganlari ma'lum qilingan. Ko‘pchilik zarur dorini istalgan pulga sotib olishga tayyorligini yozgan.
Mavzuga oid
19:59 / 03.11.2025
1 yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi tushishi kutilmoqda
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025