Koronavirus: kunlik kasallanish holatlari soni 400dan oshiq bo‘ldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 110 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 8 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110 nafarga oshib, 11092 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 422ta yangi holat qayd etildi va bu navbatdagi rekord ko‘rsatkichdir.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 158 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Navoiy viloyatida 20 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 249 nafar bemor tuzaldi. Bu ham kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shu vaqtgacha 7060 kishi kasallikdan tuzalib chiqqan.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 3987 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022