O‘zbekistonda yana ikki bemor koronavirusdan vafot etdi. Jami o‘lim holatlari soni 50dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro va Surxondaryoda yana ikki kishi koronavirus qurboniga aylangani haqida xabar berdi.
Buxoroda 22 iyun kuni koronavirus aniqlangan 53 yoshli ayol 9 iyul kuni o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
«Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 53 yoshli (ayol) N.S. joriy yil 20 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
22 iyun kuni esa bemorning ahvoli og‘irlashib, tez tibbiy yordam avtomashinasida Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limiga ko‘chirilgan. Unga Covid-19, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, unda gipertoniya kasalligi ham qayd etilgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, Surxondaryoda 2 iyul kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan 35 yoshli bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
«Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi 35 yoshli S.S. (erkak) joriy yil 28 iyun kuni tomog‘ida og‘riq sezgan, nafas yo‘llari yallig‘langan. Ammo hech kimga murojaat qilmay, uyida o‘zicha davolangan.
2 iyul kuni sog‘lig‘i yomonlashavergach, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unda Covid-19 tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga Covid-19 og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas, yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, semizlik va surunkali piyelonefrit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan», deyiladi xabarda.
Bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Buxoro viloyatida ham 2 nafar (shundan 1 nafari afg‘onistonlik), Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida esa 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 51 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 22.10.2021
O‘zbekistonda kovid qurbonlari soni rasman 1300ga yetdi, SSV kunlik holatlar kamaymayotganini ma'lum qildi
19:46 / 08.07.2021
Qonunchilik palatasi deputati koronavirus tufayli vafot etdi
10:08 / 08.04.2021
Koronavirus: So‘nggi bir kunda 200ga yaqin holat aniqlanib, bir bemor vafot etdi
10:07 / 07.04.2021