Respublika böylab karantin e'lon qilinganidan söng biroz muddat uyimda – Samarqand viloyati, Qöşrabot tumanida böldim. Bir neçta qişloqlarda muhtoj ayollar bilan gaplaşdim. Ularning öy-keçinmalari, hayotdagi maqsadlari, körayotgan qiyinçiliklari haqida köp ma'lumotga ega böldim va xulosalarimni siz bilan örtoqlaşişga qaror qildim. Ötgan safargi maqoladan keyin qator ijobiy fikrlar oldik va şunday taqdirlarni yana olib çiqişga qaror qildik.

Illyustrativ foto

Gulsara Bahromova Qöşrabot tumanidagi qişloqlardan birida istiqomat qiladi. 3 öğli, 1 nafar qizi bor. Turmuş örtoği vafot etganidan söng rözğor taşvişi, farzandlar tarbiyasi yolğiz ayolning zimmasida qolib ketdi. Keling, uning hikoyasiga quloq tutamiz.

«Qora mehnat bilan bola boqdim»

«Turmuş örtoğidan ayriliş oğriğini faqat şu holatga tuşganlargina anglab yetoladi. Öşa payti nimalarni his qilganimni aytib berganim bilan buni töliq his qilolmaysiz. 12 yildan beri yurak tubidagi oğir yuk bilan yaşab yuribman. Judolikdan keyin bolalarimni qanday katta qilib olaman, degan öy xayolimni butunlay band qilib qöydi. Nafaqa olardim va tabiiyki 4 farzandimga bu yetmasdi. Ular ulğayguniça odamlarning dalasida işladim, xaşak, buğdoy, nöxat, beda örib berardim. Qora mehnatda qiynalib bölsa-da, öz kuçim bilan bolalarimni oyoqqa turğizişga harakat qildim. Atrofdagilardan yordam kutmaslikka urindim. Yaqinlarimning ham öz taşvişi bor, yuk bölişni istamasdim. Hozir 3 öğlimning qölidan iş keladigan bölgan. Menga işlamang, özimiz pul topib kelamiz, deyişadi».

«Qöşnilar navbati bilan ovqat çiqarişardi...»

«Umrim şu qişloqda ötyapti. Ötgan davr bilan hozirgisini soliştiraman. Ayniqsa, hozirgidek qiyin vaziyatlarda odamlarning bir-biriga bölgan munosabatini soliştirib xulosa çiqarib olsangiz böladi. Qişloq odamlari oldingilariga qaraganda ança mehrsiz bölib qolişgan. Qizlik davrimni eslayman: qöni-qöşniçilik oqibatlari kuçli edi. Uyda biron tansiq taom qilinsa, qöşniga ulaşardik. Betob bölganda, xabar olardik. Onam jigar sirrozi, otam esa saraton bilan kasallanib vafot etişdi. Kasal bölgan vaqtlarida qöşnilar navbatma-navbat har kuni issiq ovqat çiqarib turişardi. Hozir öşa paytlarni gapirib bersam, hayron qolişadi. Biz uçun bular tabiiy hodisa edi. Bolaligimizdan qöni-qöşniçilik oqibati kuçli bölişi kerakligi uqtirişgan. Hozir pul topiş dardida bölib, yaqinlar holidan xabar olmay qöygandirmiz. Telefon orqali ham hol-ahvol sörab qöyaveradigan bölganmiz».