O‘zbekiston | 00:14 / 11.07.2020
37707
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 8 iyul kuni tashxis qo‘yilgan bemor vafot etdi

Toshkentda 8 iyul kuni koronavirusdan zararlangani aniqlangan 69 yoshli bemor 10 iyul kuni vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berdi.

«Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 69 yoshli V.M. (erkak) joriy yil 8 iyul kuni Toshkent viloyati shifoxonasidan o‘ta og‘ir ahvolda Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.
 
Unga Covid-19 og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.
 
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
 
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Bugun O‘zbekistonda koronavirus tufayli yana 3 o‘lim holati qayd etildi va kasallikdan qurbon bo‘lganlar soni 54 nafarga yetdi.

Shu vaqtgacha Toshkentda 30, Buxoro, Surxondaryo va Namanganda 4, Jizzax, Samarqand va Navoiyda 3tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda bittadan o‘lim ro‘y berdi.

Mavzuga oid