O‘zbekiston | 23:49 / 12.07.2020
56254
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Toshkentda aholi orasida 240ta yangi holat aniqlandi

12 iyul kuni O‘zbekistonda 484ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 12997 holat), 129 nafar bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi. Shu vaqtgacha 7852 bemorga javob berilgan, 60 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 5085 nafar bemor davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 142 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. 

«2020 yil 12 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12997 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 97 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun O‘zbekistonda jami 484ta yangi holat qayd etilgan. Shundan 219 nafari karantin muassasalarida, 265 nafari aholi orasida aniqlangan.

Jami 5 hududda - Toshkent shahri, Toshkent viloyatidagi karantin markazi, Namangan, Samarqand va Andijon viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi.

Xususan, Toshkent shahrida aholi orasida jami 240 holat aniqlangan. Bu pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Namangan viloyatida aholi orasida 8 kishida, karantindagilardan 17 kishida, Andijon viloyatida aholi orasida 17 kishida, karantindagilardan 11 nafarida, Samarqandda esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida 17 kishida virus aniqlangan.

Shuningdek, xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 174 holat aniqlandi. 

O‘lim (+3)

Bugun Toshkent shahrida 3 nafar bemor vafot etdi va jami o‘limlar soni 60taga yetdi.

Tuzalganlar (+129)

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 121 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 129 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 7852 nafarga yetgan.

Ayni paytda 5085 nafar bemor davolanmoqda, shundan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid