Sönggi paytlarda içki işlar sohasi vakillariga nisbatan turli fikrlar bildirilmoqda. Albatta, e'tirozlarga yetarli asoslar va sabablar bor.

Barça sohalarda bölgani kabi içki işlar tizimida ham islohotlar amalga oşirildi, biroq hali e'tibordan çekkada qolayotgan ayrim masalalar borligi kişini öylantiradi. Boşqa sohalarda bölgani kabi bu sohada ham fidoyi, sadoqatli xodimlar köp. Ularning mehnatini şaxsan özim yuksak qadrlayman.

Bundan bir yil avval men rahbarlik qilayotgan muassasada öğirlik böldi. Içki işlarga ariza qildik, ular kelib öz vazifalarini bajarişni boşlaşdi. Ming afsuski, bu tizimga nisbatan jamoamizda işonçsizlikdan boşqa natijaga erişa olmadik. Şundan kelib çiqib, öğirliklar böyiça amalga oşiriladigan harakatlarning taxminiy yönalişini çizib beriş mumkin.

Masalan, bir obektda öğirlik böldi, buni kim qilgan? Bunday huquqbuzarlikni kim qanday sodir etganini aniqlaş böyiça qanaqa çora köriladi?.. Voqea joyiga boriladi, barmoq izi olinadi. Oldin ham şunday bölgan. Barmoq izi çiqmasa, yöldagi kameraga tuşgan yoki tuşmagani köriladi. (Asosiy kameralarni tadbirkor qöygan. Ayrim kameralar esa örnatilganda ham işlamagan yoki öta eskirib bölgan). Kameraga ham tuşmagan bölsa, öşa hududda işlatilgan telefon kötariladi. Telefon ham işlatilmagan bölsa, yana öşa eski zamonga qaytişadi: uşbu jinoyatni qilişi mumkin bölgan şaxslarni olib kelib ulardan “şu jinoyatni qilganmisiz”, deb söraladi. Jinoyatçi “ha, qilganman” deydimi?.. Yöq. Keyin qanday yöl tutiladi?.. Mana, nima uçun uriş, döpposlaş yöq bölib ketmayapti. Jinoyatni oçiş böyiça katta islohot kerak.

Har bir IIB rahbari MFYni sifatli kamera bilan qamrab oliş niyatida, faqat bu niyat tölaqonli amalga oşirilgani yöq. IIB bölimida har çorakda tumandagi muassasalardan “kamera örnatsangiz, bizga ham hisob bering”, deb söraşadi. Demak, rahbarlar tomonidan kamera örnatiş böyiça talab borligini anglaş mumkin. IIB rahbari profilaktikaga yuklama qöyadi. Profilaktika inspektori tadbirkorga borib iltimos qiladi. Tadbirkor eng arzon kamera qöydiradi. Uni xam xotirasi yöq yoki kamera qöydirib, hokimiyatdan pul tuşirib bering, deb iltimos qilib yuradi. Aslida esa har oydagi soliqdan orttirilgan puldan sifatli kamera qöydiriş, huşyorlikka çaqiruvçi pannolar uçun muayyan summada pul ajratilişi kerak.

IIB xodimlari işlaydi, lekin, fikrimça, xodim soni köp, ularning orasida taniş-biliş qilib işga kirganlari ham yöq emas. Şuning uçun işga oliş jarayonidagi talablarni, sinovlarni şaffoflaştiriş, kuçaytiriş kerak. Şunda xodim bölaman, degan bola öqişga ham köproq e'tibor qaratar edi.

 Yana bir masala. Nima uçun “pogon” taqqanlar orasida IIB xodimining oylik maoşi bilan boşqa organ xodimlarining maoşi örtasida tafovut mavjud? Huquq-tartibot idoralarida iş haqi bir xil bölişi kerak, deb hisoblayman. Şunda tabaqalaniş bölmaydi. Leytenant unvonidagi barça sohadagi xodim IIBdagi leytenant bilan bir xil oylik olişi kerak.