Jamiyat | 18:01 / 09.12.2021
6297
4 daqiqa o‘qiladi

XDP faollari va deputatlari ko‘chat ekish aksiyasida ishtirok etishdi

Foto: Xalq demokratik partiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish hamda bu orqali respublikamizda yashil maydonlarni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasidagi xayrli ishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Chilonzor tibbiyot birlashmasi hamda “Qozirobod” mahallasiga tutash hududlar bo‘ylab ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyada partiyaning mas’ul xodimlari, faollari, fraksiya a’zolari, partiyaning Toshkent shahar Kengashi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatlari qatnashishdi. Ko‘chat ekish ishlari faqat poytaxtimiz bilan cheklanib qolgani yo‘q. Respublikamizning boshqa hududlarida ham partiyamiz faollari daraxt o‘tkazish tadbirida jonbozlik ko‘rsatishdi.

Aytish joizki, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etish bo‘yicha Xalq demokratik partiyasi alohida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, shunga muvofiq butun respublika hududi bo‘ylab amaliy ishlar olib borilmoqda.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, partiyaning faollari, 10 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlari, 1600 nafardan ko‘proq deputatlari ko‘chat o‘tqazish ishlarida faollik ko‘rsatishmoqda, ijtimoiy soha obektlari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar istiqomat qiladigan hovli-joylar, mahalliy hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar tomonidan ajratilgan maxsus maydonlarga manzarali, iqlim sharoitiga tez moslashadigan daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda. Bu borada“Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish, shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash,hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Men ham ko‘chat ekaman”, “Har bir yoshga o‘n ko‘chat”, “Mahallamizni bog‘ qilaylik”, “Mendan mahallamiz bog‘iga ming ko‘chat”, “Yaxshidan bog‘ qolur”, “Deputat bog‘i”, “Yoshlar bog‘i”kabi amaliy aksiya va loyihalarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.

Foto: Xalq demokratik partiyasi

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi hududida “Mo‘ynoq” ilmiy-ishlab chiqarish uchastkasida amalga oshirilayotgan “Oroldagi bog‘im” maydonchasiga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining mahalliy budjet parametrlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga mablag‘ ajratish, ushbu mablag‘lardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, istirohat bog‘lari, mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlarning namunali saqlanishini ta’minlash, hududlarda yangi jamoat istirohat bog‘i va kichik yashil istirohat bog‘larni tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash borasida jamoatchilik va deputatlik nazoratini olib bormoqda. Bu borada joylarda ijtimoiy hamkor tashkilotlar bilan birga rang-barang aksiyalar o‘tkazilib, keng jamoatchilik, elektorat vakillari o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari ham faol olib borilmoqda.

Maqsad tabiatda yashillikni ko‘paytirish, ob-havoning tozaligi, iqlim mo‘’tadilligini saqlash, bog‘dorchilik mahsulotlarining mo‘lligini ta’minlashga hissa qo‘shishdir.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ⓣ

Mavzuga oid