O‘zbekiston | 10:02 / 12.07.2020
31549
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 12,7 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 193 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12706 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 67 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 25 nafari Namangan viloyatida (shundan 17 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 17 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

11 iyul kuni 486 kishida kasallik aniqlandi va bu rekord ko‘rsatkichdir. Toshkentda 2, Xorazmda bir bemor vafot etib, jami o‘limlar soni 57taga yetdi.

Shuningdek, 193 bemor tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 7723 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 4925 nafar bemor davolanmoqda, shundan 45 nafari og‘ir, 6 nafari og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid