Jahon | 22:31 / 14.07.2020
6005
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri tibbiy niqobni bir urinishda taqa olmadi (video) 

Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri Greg Xant telekanal efirida tibbiy niqobni bir urinishda taqa olmadi. 

7news telekanali efirida vazir fuqarolarni tibbiy niqoblar taqishga va ijtimoiy masofalashuvga rioya qilishga chaqirgan. 

Xant so‘zlari oxirida o‘rnak ko‘rsatish maqsadida o‘zi niqob taqmoqchi bo‘lgan. Biroq u niqobni dastlab ko‘zlari ustidan tortgan va uning ilmoqlarini qulog‘i ortidan o‘tkaza olmagan. So‘ngra u yana bir urinishni amalga oshirib, niqobni yuziga taqqan, ammo himoya vositasi uning yuzida qiyshiq turgan. Va nihoyat, vazir niqobni to‘g‘rilab, efirdan chiqib ketgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid