O‘zbekiston | 00:01 / 15.07.2020
61917
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 14 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 92 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 14 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14085 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Toshkent shahrida, 32 nafar Samarqand viloyatida hamda 27 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 494 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 191tasi aholi orasida, 303tasi karantin muassasalarida aniqlangan.

Toshkent shahrida jami 355 holat qayd etildi, shundan 186tasi aholi orasida, 169tasi karantindagilar orasida qayd etilgan.

  • Qashqadaryo viloyatida karantindagilar orasida 21 holat;
  • Samarqand viloyatida karantindagilar orasida 52 holat;
  • Surxondaryo viloyatida karantindagilar orasida 27 holat;
  • Navoiy viloyatida karantindagilar orasida 5 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda karantindagilar orasida 6 holat;
  • Namangan viloyatida karantindagilar orasida 13, aholi orasida 2 holat;
  • Jizzax viloyatida aholi orasida 3 holat aniqlangan.

Shuningdek, 297 nafar bemor sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 8327 nafarni tashkil etmoqda. To‘rt nafar bemor vafot etib, jami o‘limlar soni 67taga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5691 nafar bemordan 52 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 55 657 nafar, statsionar karantinda esa 22 585 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.  

Mavzuga oid