O‘zbekiston | 00:44 / 16.07.2020
81350
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kunlik o‘sish 500ga yaqin bo‘ldi. Andijon viloyatida 100dan ortiq yangi holat aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 115 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 15 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14581 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Andijon viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 496 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 200tasi karantin muassasalarida, 291tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida aniqlangan.

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olinganlar (+291)

  • Toshkent shahrida 131 nafar
  • Andijon viloyatida 112 nafar
  • Namangan viloyatida 16 nafar
  • Surxondaryo viloyatida 15 nafar
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar
  • Navoiy viloyatida 5 nafar.

Namangan viloyatida aholi orasida 5 kishida virus chiqqan.

Bugun Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida 328 bemor kasallikdan tuzalib chiqqan va jami tuzalganlar soni 8655 nafarga yetgan.

Shuningdek, 4ta o‘lim holati qayd etilib, jami o‘lim holatlari soni 71taga yetdi.

Ayni paytda 5855 nafar bemor davolanmoqda, shundan 51 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

SSV matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvali keltirildi.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 57 500 nafar, statsionar karantinda esa 21 738 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid