«Bunyodkor» futbolchisi koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlandi
Toshkentning «Bunyodkor» klubi himoyachisi Islom Qobilov koronavirus yuqtirgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev Kun.uz'ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
«7 iyul kungi Superliga doirasidagi «Navbahor» bilan o‘yin oldidan futbolchilarimizdan birida harorati ko‘tarilib, isitma kuzatildi. Lekin o‘yinga 2 kun qolganida futbolchi o‘zini yaxshi his qilayotganini murabbiylar shtabiga aytdi, shaxsan o‘zim ham gaplashdim. Shu bois u «Navbahor»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Gap jamoamiz himoyachisi Islom Qobilov haqida ketayapti.
O‘yin yakunidan keyin baribir test topshirish kerak degan qarorga keldik va 9 iyul kuni Islom test topshirdi. 12 iyul kuni esa test javobida uning virus yuqtirib olgani ma'lum bo‘ldi. Shunga qaramay, shifokorlar va infeksionistlar klub qarorgohida bo‘lib, futbolchimizni tekshiruvdan o‘tkazishdi. Qobilovda virus alomatlari yengil ekanligi tufayli isitmasi ham pasaygan. Futbolchiga 4-5 kun davolanish tavsiya qilindi», degan Mirzayev.
Shundan so‘ng, «Bunyodkor»da 65 kishi koronavirusga test topshirgan va hozirda natijalar kutilmoqda. Klub PFL ruxsat bersagina mashg‘ulotlarni davom ettiradi.
Mavzuga oid
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024
Yashirincha xususiylashtirish, metan-shoxobchadagi voqea va yoshlarga yangi imkoniyat - hafta dayjesti
14:37 / 27.02.2024