Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda xayriyalarni muvofiqlashtirish markazlarining call-center’lari ish boshladi
Navoiy viloyatining barcha tuman va shaharlarida homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazining call-center’lari faoliyat boshladi. Bu haqida Navoiy viloyati hokimligi o‘z rasmiy kanalida ma'lum qildi.
«Ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish, karantin tufayli ishsiz, daromadsiz qolgan aholi vakillariga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida respublika miqyosida tashkil etilgan 1197 qisqa raqami ishlamoqda.
Bundan tashqari, har bir tumanda ham viloyat aholisining murojaatlarini qabul qilishga mo‘ljallangan call-markazlar ish boshladi. Markazlarda har kuni soat 9:00dan 17:00ga qadar murojaatlar qabul qilinadi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Navoiy viloyatidagi call-markazlari:
- Navoiy shahri: (79) 220 64 02;
- Zarafshon shahri: (79) 573 00 22;
- Karmana tumani: (79) 532 15 04;
- Konimex tumani: (79) 512 23 31;
- Qiziltepa tumani: (79) 555 22 62;
- Navbahor tumani: (79) 562 17 52;
- Nurota tumani: (79) 523 14 86;
- Tomdi tumani: (79) 582 12 95;
- Uchquduq tumani: (79) 593 01 60;
- Xatirchi tumani: (79) 544 28 55.
Bundan tashqari, hokimlik Navoiy viloyatidagi tibbiy muassasalarda ishlayotgan call-markazlar haqida ham ma'lumot bergan.

Mavzuga oid
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
11:44 / 22.05.2026
“Talafotlar dron orqali o‘rganilyapti” – Navoiyda sel oqibatlari
18:48 / 21.05.2026