Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi yopilayotganini e'lon qildi. O‘rniga yangi tashkilot tuziladi
Rossiyadagi Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi (KQKF) yopilayotgani e'lon qilindi. Uning rahbari Aleksey Navalniy bu qarorni sud tomonidan ko‘p millionli to‘lovlar ortidan paydo bo‘lgan qarzdorlik bilan izohladi.
«Men to‘qqiz yil muqaddam asos solgan «Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi» notijorat tashkilotining kuni bitdi, chunki uni tortib olishdi», — degan Navalniy YouTube’dagi kanalida.
Navalniyning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili yozda Moskva shahar dumasiga muxolifatdagi nomzodlarning qo‘yilmasligi ortidan o‘tkazilgan mitinglardan so‘ng KQKF hokimiyatning sinchkov diqqati ostiga tushgan. Uning hududlaridagi shtablarida tintuvlar o‘tkazilgan, so‘ngra tashkilotni xorijiy agent deb tan olishgan, KQKF hamda uning yuzlab xodimlarining hisob raqamlari muzlatilgan, deb hikoya qilgan siyosatchi.
«Bizni Rosgvardiya, politsiya, prokuratura «Avtomobil yo‘llari» DBB, mitinglar ishiga xalaqit bergan restoranlar, hattoki Moskva metrosi sudga bergan. Oqibatda odamlarni mitinglarga chaqirgan barcha mustaqil deputatlar va KQKF xodimlari millionlab rubl qarzdor bo‘lib qolishdi», — deyiladi Navalniyning videosida.
O‘tgan yilning oktabr oyida Moskva arbitraj sudi Navalniy va tashkilot yuristi Lyubov Sobolniy biznesmen Yevgeniy Prigojinga bog‘liq deb qaraladigan «Moskovskiy shkolnik» oziq-ovqat kombinatiga 88 million rubl to‘lashga majburlovchi qaror chiqardi.
«Summa juda katta, meni uni yig‘ishni boshlashdan ham ma'ni ko‘rmayapman. Putin hokimiyati oxirigacha bloklangan hisob-raqamlar, bizning har qanday mulkimizni Putinning oshpazi foydasiga undirish uchun keladigan sud pristavlari bilan yashashga to‘g‘ri keladi», — degan Navalniy.
U KQKF boshqa yuridik shaxs bo‘lib faoliyat ko‘rsatishini ma'lum qilib, o‘quvchilarini muntazam to‘lovlarni unga to‘lab borishga chaqirgan.
17 iyul kuni KQKF ofisida tintuv o‘tkazilgan. Iyun oyida Navalniyga nisbatan «ulug‘ vatan urushi» faxriysi nomiga tuhmat uyushtirganlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bunga sabab Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi videorolikka tvitter orqali yozgan sharhi bo‘lgan. Tuhmat ishi bo‘yicha tergovdan so‘ng Navalniydan shaharni tark etmaslik to‘g‘risida tilxat olinganini siyosatchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bergan.
2019 yilda KQKFga nisbatan pul yuvish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgandi. Rossiya tergov qo‘mitasi ixtiyoriy xayriya ko‘rinishida fond ishiga minglab «shaxsi aniqlanmagan odamlar» bankomatlar va KQKFga po‘l o‘tkazish yo‘li bilan 1 milliard rublni «yuvgani»ni ta'kidlagan.
Bu ish bo‘yicha KQKFga hozir yoki avval aloqador bo‘lgan 200dan ziyod kishi hamda ularning Rossiyaning 40dan ziyod hududida istiqomat qiluvchi qarindoshlari tintuvlar va tergovga tortilgan. Ularning banklardagi hisob raqamlari muzlatilgan, kartalari bloklangan.
2019 yilning kuzida Rossiyada adliya vazirligi KQKFni «xorijiy agent» deb e'lon qilgan. Tashkilotdagilar esa hech qachon xorijdan pul olmaganini ta'kidlab kelishadi.
Mavzuga oid
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi
21:45 / 02.10.2022