O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 17 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 183 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 20 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 149 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 29 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 13 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 26 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 9 nafar, jami 108 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 9 387 (+108) nafarga yetdi.
Bundan avvalroq 214 kishida virus chiqqani va jami holatlar soni 16966 nafarga yetgani xabar qilingandi.
- Karantin markazida 34 nafar;
- Toshkent shahrida 76 nafar;
- Andijon viloyatida 32 nafar;
- Namangan viloyatida 26 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 11 nafar,
- Jizzax viloyatida 9 nafar;
- Navoiy viloyatida 5 nafar.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida jami 3ta o‘lim holati qayd etildi va jami o‘lim holatlari soni 89taga yetdi.
Hozirda 7672 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
22:11 / 22.05.2021
Qirg‘izistonda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini onlayn o‘tkazish tavsiya etildi
19:54 / 22.05.2021
Kambag‘al mamlakatlar koronavirus ixtiyoriga topshirib qo‘yildi – BMT bosh kotibi
23:17 / 21.05.2021
JSST vakili koronavirus qurbonlari soni rasmiy statistikaga qaraganda ancha ko‘pligini aytdi
10:19 / 21.07.2020