Jahon | 15:14 / 21.07.2020
7084
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask ilk bor dunyoning eng badavlat insonlari beshtaligiga kirdi

Ilon Mask 74 mlrd dollar boyligi bilan ilk bor dunyoning eng badavlat insonlari beshtaligidan o‘rin oldi. Bunga Telsa aksiyalari narxi qimmatlashgani sabab bo‘ldi. 

Foto: Zuma / TASS

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask dunyoning eng badavlat insonlari beshtaligiga kirdi. Bundan Forbes Real-Time reytingi darak bermoqda. Dushanba kuni Tesla aksiyalari savdosi natijalariga ko‘ra, Maskning boyligi 74,2 mlrd dollar deb baholandi. U oltinchi o‘rinda turgan Mukesh Ambanini 1,3 mlrd dollarga ortda qoldirdi.

Mask yil boshida dunyoning eng boy kishilari reytingida 37-o‘rinda edi, deya qayd etadi Forbes. Yil boshidan buyon Tesla aksiyalari narxi 300 foizga ko‘tarildi. Tesla hozirda nafaqat dunyodagi eng qimmat avtokompaniya, balki Ford, Ferrari, General Motors va BMW kompaniyalarining birgalikdagi narxidan ham qimmatroq turadi.

 Yilning birinchi choragida Tesla 103 000 dona mashina ishlab chiqargan, yaqin vaqtgacha dunyoning eng qimmat avtokompaniyasi bo‘lib kelgan Toyota esa 2,4 mln dona avtomobil ishlab chiqargan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid