O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 8 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 276 kishida virus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 21 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 590 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 82 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 57 nafari Andijon viloyatida, 42 nafari Namangan viloyatida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 29 nafari Jizzax viloyatida, 23 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
20 iyul kuni O‘zbekistonning 11 hududida jami 562 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 63 nafari Karantin muassasalarida, 499 nafari aholi orasida aniqlangan.
Shuningdek, 184 bemor tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 9 463 nafarga yetgan. Shu vaqtgacha rasmiy statistikaga ko‘ra, 92 kishi koronavirus qurboniga aylangan.
Ayni vaqtda 8035 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 76 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
22:11 / 22.05.2021
Qirg‘izistonda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini onlayn o‘tkazish tavsiya etildi
19:54 / 22.05.2021
Kambag‘al mamlakatlar koronavirus ixtiyoriga topshirib qo‘yildi – BMT bosh kotibi
23:17 / 21.05.2021
JSST vakili koronavirus qurbonlari soni rasmiy statistikaga qaraganda ancha ko‘pligini aytdi
00:47 / 21.07.2020