O‘zbekiston | 11:45 / 22.07.2020
83962
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlar ko‘p hujjat topshirgan OTM reytingi e'lon qilindi

2020/21 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasasida tahsil olish uchun 1 milliondan ortiq abituriyent hujjatlarni qabul komissiyasiga topshirgan. DTM abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat topshirilgan oliy ta'lim muassasalari yuqori beshligini ma'lum qildi. 

Unga ko‘ra: 

1. Samarqand davlat universiteti – 75 ming 325 nafar, shundan 32 903 nafari kunduzgi, 4 380 nafari kechki, 38 042 nafari sirtqi.

2. Qarshi davlat universiteti – 58 ming 118 nafar, shundan 24 432 nafari kunduzgi, 33 686 nafari sirtqi.

3. Andijon davlat universiteti – 57 ming 498 nafar, shundan 28 387 nafari kunduzgi, 29 111 nafari sirtqi.

4. Urganch davlat universiteti – 53 ming 255 nafar, shundan 25 471 nafari kunduzgi, 27 784 nafari sirtqi.

5. Termiz davlat universiteti – 51 ming 787 nafar, shundan 26 397 nafari kunduzgi, 394 nafari kechki, 24 996 nafari sirtqi.

Eng katta konkurs (birinchi tanlangan ta'lim yo‘nalishiga nisbatan):

- Andijon tibbiyot instituti – 1 o‘ringa 27,81 tani.
- Toshkent davlat yuridik universiteti – 1 o‘ringa 24,35 tani;
- Toshkent tibbiyot akademiyasi – 1 o‘ringa 24,2 tani.
- Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 1 o‘ringa 22,58 tani.
- Navoiy davlat konchilik instituti – 1 o‘ringa 19,5 tani tashkil etdi.

Abituriyentlar quyidagi ta'lim yo‘nalishlariga eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazildi:

Samarqand davlat universitetining “Boshlang‘ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish” ta'lim yo‘nalishi sirtqi ta'lim shakli o‘zbek guruhiga – 
9 013 nafar;

Qarshi davlat universitetining “Boshlang‘ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish” ta'lim yo‘nalishi sirtqi ta'lim shakli o‘zbek guruhiga – 7 945 nafar;

Samarqand davlat universitetining “Maktabgacha ta'lim” ta'lim yo‘nalishi sirtqi ta'lim shakli o‘zbek guruhiga – 7 890 nafar.

Mavzuga oid