«Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatbardoş mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, ularni içki hamda taşqi bozorlarda ilgari suriş, innovatsion işlanmalarni rağbatlantiriş maqsadida barpo etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park)ning rezidentlari hisoblangan 392 taşkilotda bugun tört ming nafar mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Eng muhimi, uşbu taşkilotlarning 14 tasi xorijiy kapital iştirokida taşkil etilgan bölsa, 54 tasi yangi oçilgan.

Mazkur IT-parkda zarur infratuzilma, jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking- markaz hamda ofis maydonlari taqdim etilgan. Texnoparkda rezidentlarga moliyaviy, marketing, yuridik va boşqa konsalting xizmatlari körsatiladi. Yana bir muhim jihat şundaki, rezidentlar uçun moliyaviy imtiyozlar ham berilgan: ular 2028 yilning 1 yanvariga qadar barça soliq va davlatning maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalardan, şuningdek, bir martalik ijtimoiy tölovlardan ozod qilingan.

Yil boşidan beri IT-park rezidentlari tomonidan jami 560 dan ortiq yangi iş örinlari yaratildi. Yaratilgan dasturiy mahsulotlar va körsatilgan xizmatlar hajmi 321 mlrd. sömni, xususan, eksport hajmi 5,1 mln. dollarni taşkil etdi», deya Şuhrat Sodiqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirning qayd etişiça, IT-parkning hududiy filiallarini taşkil etiş böyiça joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qöşma qarorlar imzolanib, har bir loyiha böyiça bajariladigan vazifalar tasdiqlangan.

«Toşkent şahrida IT-park rezidentlari sonini köpaytiriş hamda yetarli şart-şaroitlar yaratiş maqsadida umumiy maydoni 408 ming kv. metrga teng hududda xorijdan jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda IT-park infratuzilmasi obektlarini quriş konsepsiyasi işlab çiqildi. IT-parkning hududiy filiallarini taşkil etiş böyiça joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qöşma qarorlar imzolanib, har bir loyiha böyiça bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.

IT-parkning hududiy filiallari binolari Andijon («Digital city» texnoparki), Farğona (IT-Park Marğilon filiali), Sirdaryo (IT-park Guliston filiali) viloyatlarida foydalanişga topşirilib, Andijon filialida 10 ta va Marğilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, Namangan (5800 kv.m), Nukus (12000 kv.m), Samarqand (12000 kv.m), Urganç (9200 kv.m) hamda Jizzax (850 kv.m) şaharlarida IT-park filiali binolarini quriş böyiça tegişli işlar amalga oşirilmoqda», deydi u.

Şuhrat Sodiqovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ayni paytda soğliqni saqlaş, ta'lim, transport, tadbirkorlik hamda turizm yönalişida tahsil olayotgan talabalar örtasida eng yaxşi mobil ilovalarni işlab çiqiş böyiça