«Ötgan yil boşidan bugungi kungaça respublika böyiça internet tarmoğiga keng polosali ulaniş portlarining umumiy soni 2,2 mln.ga yetkazildi, 7,8 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 44,4 ming km.dan oşdi.
Şundan 7,3 km optik tolali aloqa liniyalari 9410 ta ijtimoiy soha obektlariga tortilişi natijasida 4 786 ta maktab , 2 895 ta maktabgaça ta'lim va 1 729 ta soğliqni saqlaş muassasasini tezkor internetga ulaş imkoniyati yaratildi. Bu öz navbatida yoş avlodning zamonaviy bilim olişi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat körsatiş salohiyatini oşirgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir», deya Şuhrat Sodiqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning qayd etişiça, Jizzax erkin iqtisodiy zonasida koreyaliklar bilan hamkorlikda taşkil etilgan optik tolali kabel mahsulotlarini işlab çiqariş zavodida yiliga 50 ming km. optik tolali kabel tayyorlanmoqda. Bu esa davlat dasturidagi rejalarni öz vaqtida amalga oşiriş imkonini bermoqda.

















