Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 4 hududida bittadan o‘lim qayd etildi. Qurbonlarning barchasi ayol, ulardan biri homilador bo‘lgan
Sog‘liqni saqlash vazirligi 24 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish oqibatida ro‘y bergan 4 o‘lim holati haqida xabar berdi. Endilikda O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 106taga yetdi.
Bugun Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo va Namanganda bittadan o‘lim qayd etildi.
Birinchi o‘lim. Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan 57 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Jizzax shahrida yashagan 57 yoshli T.A. (ayol)da Covid-19 tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Ikkinchi o‘lim. 9 iyul kuni Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan 73 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 73 yoshli G.R. (ayol)da joriy yil 9 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, bosh miyada surunkali qon aylanishining buzilishi, surunkali piyelonefrit, surunkali xoletsistit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Uchinchi o‘lim. 14 iyul kuni Qarshi shahar tug‘ruq kompleksining ginekologiya bo‘limiga yotqizilgan 35 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 35 yoshli U.Yu. (ayol)da 14 iyul kuni isitma, hansirash va havo yetishmasligi kabi shikoyatlari dinamikada kuchayganligi sababli Qarshi shahar tug‘ruq kompleksining ginekologiya bo‘limiga og‘ir ahvolda olib kelingan. Bemor infeksionist ko‘rigidan so‘ng Covid-19’ga shubha qilinib, viloyat pulmonologiya va ftiziatriya markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan. Ammo bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan va intubatsiya qilingan, o‘pka-yurak reanimatsiyasi o‘tkazilgan.
Mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
To‘rtinchi o‘lim. Namangan viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan 62 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Namangan viloyati Namangan shahrida yashagan 62 yoshli J.Sh. (ayol)da Covid-19 tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor qandli diabet (II tip, insulinga muhtoj shakli), bronxial astma kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
20 iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, unga o‘pka-yurak reanimatsiyasi o‘tkazilgan hamda sun'iy nafas berish apparatiga ulangan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Biroq asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralar samara bermay, u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni rasman 106taga yetdi. Shu vaqtgacha Toshkent shahrida 61, Toshkent viloyatida 10, Surxondaryo viloyatida 6, Namangan viloyatida 5, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryoda 4, Navoiy va Samarqandda 3, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Andijonda bittadan o‘lim qayd etildi.
Mavzuga oid
18:29 / 22.10.2021
O‘zbekistonda kovid qurbonlari soni rasman 1300ga yetdi, SSV kunlik holatlar kamaymayotganini ma'lum qildi
19:46 / 08.07.2021
Qonunchilik palatasi deputati koronavirus tufayli vafot etdi
10:08 / 08.04.2021
Koronavirus: So‘nggi bir kunda 200ga yaqin holat aniqlanib, bir bemor vafot etdi
10:07 / 07.04.2021