Yon-atrofga, töğri kelgan joyga çiqindilarning taşlab ketilişi aksar hollarda çiqindi qutilari yetişmasligi yoki aholining çiqindi taşlaş madaniyati yuqori emasligini bilan izohlanadi.

Bu muammoni hal qiliş uçun Innovatsion rivojlaniş vazirligi qoşidagi Ilğor texnologiyalar markazining Tijoratlaştiriş va texnologiyalar transferi bölimi yetakçi mutaxassisi Rustam Ibragimov Ecocity çiqindi qutilarini işlab çiqdi.

Loyihaning ilk namunasi hozir Innovatsion rivojlaniş vazirligiga örnatilgan va sinovdan ötkazilmoqda.

«Innovatsion çiqindi qutilari öz-özini moliyalaştiruvçi va quvvatlovçi tarzda işlab çiqilgan. Bu çiqindilar uçun davlat tomonidan ajratiladigan mablağni tejaşga yordam beradi», – deydi loyiha muallifi.

Rustam Ibragimovning tuşuntirişiça, bitta qutining alohida 3ta tortmaçalari bölib, ular kalit bilan oçiladi. Kalit esa universal qilib yasaladi va keyinçalik örnatiladigan har bir qutini u bilan oçsa böladi.

Çiqindi qutidagi qulayliklar

Çiqindi qutilarining har biriga LED ekranlar örnatilgan, lekin ular ortiqça sarf-xarajat talab qilmaydi. Sababi qutilarning yuqori qismiga quyoş batareyalari örnatiladi.

Ekranlarda çiqindini töğri kelgan yerga taşlaş töğri emasligi haqida ijtimoiy roliklar va turli reklamalar joylaştiriladi.