«Optimist» loyihasining bu galgi qahramoni öz loyihasi bilan işonçli, qulay va madaniyatli kunlik işçilar bozorini yaratiş niyatida. Şu orqali u odamlarning mardikor söziga munosabatini özgartirişga erişmoqçi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Rustam Ibragimov – Innovatsion rivojlaniş vazirligi qoşidagi Ilğor texnologiyalar markazining Tijoratlaştiriş va texnologiyalar transferi bölimi yetakçi mutaxassisi sifatida faoliyat yurityapti.
U qator yangi loyihalar ustida işlab, bir qançasini patentlaştirişga ham ulgurgan.
Ulardan biri – Jobcafe mobil ilovasi bölib, u iş beruvçi va işçining muloqot platformasini yaratiş maqsadida işlab çiqilgan.
Ilova ham Android, ham iOS tizimlari uçun möljallangan.
«Loyiha işlayotganiga 2 oydan oşdi. Unga startap loyihalari uçun ajratiladigan mablağlardan tanlov asosida pul ajratilgan.
Bunda iş beruvçi (xohlagan odam) mobil ilovani yuklab oladi va öziga yaqin hududdan işçi çaqirişi mumkin. Bunda mobil ilovada işçilar jinsiga va kasbiga qarab bölimlarga ajratilgan.
Platformani işlaş va takomillaştiriş doimiy ravişda davom etmoqda. Çunki mavzuning içiga kirgan sari muammolar va qilinişi mumkin bölgan qulayliklarni bilib boriş mumkin.
Mazkur jarayonda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoşlar Ittifoqi va Içki işlar vazirligi bilan birgalikda işlayapmiz», – deya malumot berdi Rustam Ibragimov.
Ilova a'zolari 4 mingga yaqin
Rustam Ibragimovning aytişiça, rasmiy kunlik işçilar markazlarida fuqarolarni Jobcafe platformasiga röyxatga olişga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va YoI yordam bermoqda.
Norasmiy tarzda saqlanib qolayotgan mardikor bozorlarida esa Jobcafe loyihasida faoliyat yuritayotgan xodimlar işlaydi.
Mavzuga oid
«Hozirga qadar Farğona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax, Toşkent viloyati va Toşkent şahrida loyiha taqdimotini ötkazganmiz. Va butun respublika hududidan 4 mingga yaqin fuqaro ilova bazasiga kiritildi.
Lekin har kuni şunça odamning qançasi platforma orqali iş topayotgani töğrisida statistika yurita olmaymiz. Sababi bu ma'lumotlarni oliş iş beruvçining şaxsiy ma'lumotlariga daxl qiladi. Bizning unga kirişga haqqimiz yöq», – deydi loyiha muallifi.
Rustam Ibragimov sözlariga köra, odamlarni onlayn platforma bilan taniştiriş va şu yöl orqali iş topiş mumkinligiga işontiriş oson emas. Tuşuntiriş olib borayotganda ba'zi paytlarda individual tarzda yondaşişga ham töğri keladi.
Qolaversa, tegişli vazirlik va taşkilotlarning ham bu tizimni qabul qilişi qiyin keçgan.
Işçining geolokatsiyasi yoniq bölişi kerak. Buning uçun minimal tölov belgilanadi
Rustam Ibragimovga köra, iş qidiruvi röyxatga kiritilgandan keyin, mobil aloqa vositasining geolokatsiyasi yoniq turişi kerak. Lekin röyxatdan ötayotgan hammada ham smartfon yöq. Köpçilik faqat kiriş-çiqiş qönğiroği bor telefonlardan foydalanadi. Hatto uy telefoni orqali röyxatdan ötganlar ham bor.
Şuning uçun taşkilotçilar tomonidan röyxatdan ötgan fuqarolarning geolokatsiyasi avtomatik tarzda yoqib qöyilgan.
Lekin keyinçalik geolokatsiya yonib turişi uçun kuniga 500 söm miqdorda tölov qilinişi kerak.
«Bundan ham arzonroq qiliş variantlarini izlab kördik, biroq tölov tizimlarining eng minimal narxi 500 söm ekani tufayli, buni özgartiriş imkoni bölmadi», – deydi u.
Ibragimovning aytişiça, röyxatdan ötuvçilarga bu böyiça tuşuntiriş işlari olib borilmoqda va köpçilik keyinroq bu tölov joriy etilişiga rozi.
Tahlillarga köra, Toşkent şahrida kunlik işçining örtaça daromadi kuniga 70 mingdan 100 ming sömgaça, viloyatlarda esa 50 mingdan 70 ming sömgaça.
Işçiga baho qöyiş ham mumkin
Jobcafe mobil ilovasida iş beruvçi tomonidan işçiga baho qöyilişi ham mumkin. Bunda işçi yollagan şaxs uning xizmatiga 5 ballik tizimda baho qöyişi va izoh yozib qoldirişi mumkin.
«Bu işçilarga yaxşi baho olişi uçun öz ustlarida işlaşiga sabab böladi. Sababi, agar yomon izoh olsa, keyingi safar iş topişga qiynalişini biladi. Şuning uçun xuşmuomala bölişga va vazifasiga mas'uliyat bilan yondaşişga harakat qiladi.
Lekin biz yomon baho qöygan iş beruvçilar bilan boğlanib, vaziyatni imkon darajasida aniqlaştiramiz. Sababi bu baho işçining keyin pul topa oliş yoki olmasligiga ta'sir qiladi. Bundan taşqari, iş beruvçi ham ba'zida keyinroq fikridan qaytişi va bahosini özgartirişi mumkin», – deydi Rustam Ibragimov.
Kunlik işçiga yuridik va boşqa tomonlama yordam ham beriladi
Agar kunlik işçi vazifasini bajargandan keyin iş haqini ola olmasa, u yordam sörab murojaat qilişi mumkin.
«Bunday hollarda ular bizning koll-markazimizga(+99871 202-68-68) qönğiroq qilişsa, vazirlik bilan boğlanib, muammoni yetkazişga va hamkorlikda hal qilişga harakat qilamiz», deya ma'lumot berdi Rustam Ibragimov.
Çaqirilgan işçi qinğirlikka qöl ursa...
Platformaga röyxatdan ötkazişda kunlik işçining pasport ma'lumotlari bazaga kiritiladi. Bu bazaga kiriş uçun IIVga ham ruxsat berilgan.
«Buni biz röyxatga olinayotgan fuqaroga alohida tuşuntiramiz. Agar u biror nojöya harakat sodir qilsa, bemalol topib olişlari mumkinligini biladi. Şuning uçun öğirlik yoki boşqa biror boşqa noqonuniy harakat qilmaydi. Şuningdek, agar unga nisbatan biror yomon harakat sodir etilsa, iş beruvi bilan boğlaniş imkoni ham bor.
Öz-özidan ikki tarafning ham xavfsizligi ta'minlanadi. Iş beruvçi vaqtini sarflamasdan turib işçi yollaşi mumkin. Işçi esa işonç bilan öz vazifasini bajaradi», – deydi loyiha muallifi.
Kunlik işçiga har kunlik iş kafolatlanmaydi
Rustam Ibragimovning aytişiça, ba'zida Jobcafe`ga 10 kun yoki undan ham oldinroq röyxatdan ötgan ayrim fuqarolar nega şu paytgaça heç kim menga qönğiroq qilib, iş taklif qilmadi, deb söraşadi.
«Mana şunday vaziyatlarda siz kunlik iş bozoriga çiqqaningizda ham har kuni iş topa olasizmi, deb sörayman. Albatta, «Yöq» degan javobni berişadi.
Çunkikunlikişçi uçun har kuni iş topiş qiyin masala. Bundan taşqari, Jobcafe`dagi işçilarni ham faqat öz hududidagi odamlar işga yollaydi. Heç kim şaharning boşqa çetidagi odamni işga taklif qilmaydi. Bu tarafini ham töğri tuşuniş zarur», – deya tuşuntirdi Rustam Ibragimov.
Talabalar ham röyxatdan ötib qöyişi mumkin
Agar darsdan taşqari qöşimça pul topişni xohlasa, talaba ham özini röyxatdan ötkazib qöyişi mumkin. Dam oliş kunlari yoki darsdan böş vaqtida unga qönğiroq qilişsa, öziga yaqin hududlardagi biror işni bajarişlari mumkin böladi.
«Bugun kunlik işçiga hammaning ehtiyoji bölişi mumkin. Çunki zamon tezlaşmoqda, odamlar uylarida qilinişi kerak bölgan biror vazifa uçun alohida vaqt sarflamaydigan davrga yetib keldik».
«Otam rahmatli bizga «rahmat» sözining ma'nosini juda yaxşi tuşuntirgan. Loyihaning yaratilişiga va keyinçalik işlaş tizimini mukammallaştiriş uçun tinmay harakat qilişimga ham şu narsa turtki böladi», – deydi Rustam Ibragimov.
«Bugun mardikor deganda köpilikning köz öngiga quyi qatlam vakillari keladi. Odamlar ularga past nazar bilan qaraşga örganib qolyapti. Şuning uçun ham loyihaning asosiy maqsadi – mardikor degan sözni umuman foydalanişdan olib taşlaş.
Albatta, buning uçun ma'lum vaqt talab qilinadi. Heç qaysi yangilikning amalga joriy etilişi osonlik bilan bölmaydi. Biz buni töğri qabul qilişga tayyormiz», – dedi u.
Ibragimov kelgusida Jobcafe`ni Rossiya va Qozoğistonda ham bosqiçma-bosqiç joriy etilişiga erişiş niyatida.
Bundan taşqari, doktorlik dissertatsiyasini himoya qiliş va boşqa mualliflik loyihalarini ham hayotga tatbiq etişni rejalaştirgan.