Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yarim yilda Toshkentning barcha ko‘chalariga chiqindi qutilari o‘rnatiladi
Poytaxt ko‘chalariga 720 ta chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumani Lutfiy mahallasida yashovchi fuqaro avtobus bekati yonida chiqindi qutisi yo‘qligi uchun, «Xalq nazorati» portaliga xabar bergan. Shu bahonasida ayni vaqt markaziy ko‘chalar hamda xiyobonlarda 50-100 metrgacha oraliq masofada 3 xil rangli maxsus chiqindi qutilari joylashtirib chiqilmoqda.
Shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Yusupovning ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri 2022-2023 yillar davomida chiqindi qutilar bilan to‘liq ta’minlanadi. Buning uchun jami 9 ming 300 ta maxsus qutilar kerak.
Bundan oldin, shahar hokimiyati «Xalq Nazorati» portalining maxsus bo‘limida o‘rindiq va chiqindi tashlash qutilarini o‘rnatish uchun manzillar bo‘yicha takliflar to‘playotgan edi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026