Jahon | 17:25 / 25.07.2020
8228
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 80 mingdan oshdi

Qozog‘istonda yana 1 740ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etildi, deb xabar bermoqda Tengrinews COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha mamlakat idoralararo komissiyasiga tayanib.

Foto: Reuters

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 1 740ta yangi holatidan simptomatik tashuvchilar - 924 nafar, asimptomatik - 816 nafar.

Umuman olganda, mamlakatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni 80 226taga yetdi:

Olmaotada - 10 318 (+220),
Atirau viloyatida - 9866 (+156),
Nur-Sultonda - 9494 (+251),
Qarag‘anda viloyatida - 7831 (+150),
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida - 5211 (+91),
Sharqiy Qozog‘iston viloyatida - 5129 (+215),
Chimkentda - 4615 (+39),
Olmaota viloyatida - 3933 (+53),
Jambil viloyatida - 3183 (+61),
Aqto‘be viloyatida - 2910 (+36),
Pavlodar viloyatida - 2753 (+109),
Qizilo‘rda viloyatida - 2706 (+80),
Shimoliy Qozog‘iston viloyatida - 2625 (+85),
Mangistau viloyatida - 2583 (+64),
Turkiston viloyatida - 2571 (+19),
Aqmo‘la viloyatida - 2261 (+51),
Qo‘stanay viloyatida - 2237 (+60).

Eslatib o‘tamiz, dunyoda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni rekord darajada ko‘paydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 24 iyul kungi ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida bu kasallikka chalinganlar soni 284 mingdan oshdi, 9,7 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Shu bilan birga, Qozog‘istondagi klinik va diagnostika laboratoriyalari mutaxassislari qozog‘istonliklarning yarmi koronavirusga qarshi immunitetga ega bo‘lganini aytishdi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida COVID-19 uchun o‘zini tekshirtirib ko‘rishga qaror qilgan fuqarolar orasida 50 foizdan ortig‘i virusni u yoki bu shaklda boshidan o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid