Boylikka intilish insoniyat uchun asosiy xavf-xatar ekani aytildi
Boylikka intilish va uning ortidan kelib chiqadigan haddan ziyod iste'mol insoniyat rivojlanishi uchun asosiy xavf-xatar deb hisoblamoqda avstraliyalik, shveysariyalik va britaniyalik olimlar. Bu haqdagi maqola Nature Communications jurnalida e'lon qilindi.
BMT ma'lumotiga ko‘ra, dunyo YaIMning taxminan yarmi insoniyatning atrof muhitdan olinadigan resurslariga bog‘liq. Farovonlikning oshishi atmosferaga zararli moddalarning otilishiga olib kelmoqda. Bu jarayon atrof muhitni himoya qilishga qaratilgan yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishidan o‘zib ketmoqda.
Ekspertlar haddan ziyod iste'mol yer kurrasi uchun zararli deb hisoblashmoqda va tengsizlikni kamaytirishga, shuningdek, «boylik va uning egalari ezgulik ekani haqidagi tasavvurga barham berishga» chaqirishmoqda.
Iyun oyida koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yilda yalpi dunyo boyligi 16 trillion dollarga kamayishi mumkinligi ma'lum bo‘lgan edi. 2008 yilgi moliyaviy inqiroz dunyo kapitalini 10,2 trillion dollarga qisqartirgan edi.
Wealth-X kompaniyasi izlanishlariga ko‘ra, 2010 yildan 2020 yilga qadar dunyodagi boylar soni 50 foizga oshdi. Million dollardan ortiq mol-dunyoga ega odamlarning qo‘lida global boylikning deyarli uchdan bir qismi jamlangan — 104 trillion dollar.
Mavzuga oid
21:01 / 23.09.2024
Odamlarning 1 foizi deyarli barcha aholidan boyroq ekani ma’lum bo‘ldi
23:32 / 10.08.2019
Bir daqiqada 70 ming dollar - Bloomberg dunyoning eng boy oilalari nomini e'lon qildi
14:10 / 13.11.2017
Boylarning molida faqirlarning haqi bor
12:57 / 17.10.2017