O‘zbekiston | 23:32 / 28.07.2020
40219
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana 5 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 28 iyul kuni ham O‘zbekistonda koronavirusdan 5ta o‘lim holati haqida axborot berdi. Marhumlarning uch nafari ayollar, shundan ikki nafari homilador bo‘lgan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 5 kishi vafot etdi va O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 126taga yetdi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahridagi 9-son tug‘ruq kompleksida «27 haftalik 6-homiladorlik, 5-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligi» tashxisi bilan davolangan uchtepalik 34 yoshli Sh.M. (ayol) olamdan o‘tdi.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 34 yoshli Sh.M. (ayol) joriy yil 16-21 iyul kunlari shahar 9-son tug‘ruq kompleksida “27 haftalik 6-homiladorlik, 5-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligi” tashxisi bilan davolangan.

Bemorda Covid-19 tasdiqlangach, shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. 16 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan 50 yoshli R.D. (erkak) vafot etdi.

Toshkent shahrida yashagan 50 yoshli R.D. (erkak)da 16 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.  
 
Bemorga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan.
 
Shuningdek, bemor qandli diabet, gipertoniya va epilepsiya hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
 
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Uchinchi o‘lim. 10 iyul kuni koronavirus alomatlari aniqlangan va 20 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 61 yoshli M.M. (erkak) olamdan o‘tdi.

Poytaxtlik 61 yoshli M.M. (erkak) 10 iyul kuni o‘zida koronavirus infeksiyasining belgilarini sezgach, uyda davo muolajalarini olgan. Biroq ahvoli og‘irlashgach, 20 iyul kuni shifokorga murojaat qilgan va tibbiyot muassasasida statsionar rejimda davolanishga o‘tkazilgan.
 
Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.
 
Bemorda yurak ishemik kasalligi, gipertoniya hamroh kasalliklari ham bo‘lgan.
 
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. 

To‘rtinchi o‘lim. 17 iyul kuni 3-son tug‘ruq kompleksiga yotqizilgan 40 yoshli homilador ayol (M.K) vafot etdi.

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 40 yoshli M.K. (ayol) 12–17 iyul kunlari shahar 2-son tug‘ruq kompleksida “30 haftalik 4-homiladorlik, 4-tug‘ruq, asoratlangan akusherlik anamnezi, bachadon chandig‘i, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligining 2-darajasi” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

Covid-19 tasdiqlangach, 17 iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, DVS sindrom asoratlari bilan kechgan. Yuqorida keltirilgan hamroh kasalliklar bilan birga bemorda homilaning antenatal o‘limi ham kuzatilgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, DVS sindromdan vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. 12 iyul kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan 73 yoshli ayol (U.T) vafot etdi.

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli U.T. (ayol)  12 iyul kuni Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan  Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. 

Bemorda o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, koronavirusli ensefalit va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

Shu bilan birga bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar aniqlangan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, sepsis va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Mavzuga oid