O‘zbekiston | 17:27 / 30.07.2020
11061
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 23 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 206 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi. Bugun hozircha 493ta yangi holat qayd etildi va 495 bemor tuzaldi.

«2020 yil 30 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 078 (+206) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi holatlar:
Karantin:
Toshkent shahridagi karantin markazida 58 holat (barchasi xorijdan kelganlar orasida);

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahrida 130 holat;
  • Toshkent viloyatida 123 holat;
  • Samarqand viloyatida 43 holat;
  • Buxoro viloyatida 40 holat;
  • Andijon viloyatida 23 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 20 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 15 holat;
  • Navoiy viloyatida 11 holat;
  • Namangan viloyatida 11 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 holat;
  • Qoraqalpog‘iston 9 holat.

Tuzalganlar (+495)
Shuningdek, bugun hozircha 6 hududda jami 495 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 13 432 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 276 nafar;
  • Toshkent viloyatida 152 nafar;
  • Andijon viloyatida 33 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 22 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 6 nafar;
  • Buxoro viloyatda ham 6 nafar.

Bugun hozircha Buxoroda 1, Toshkentda 2 bemor koronavirusdan vafot etdi va jami o‘limlar soni 134taga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 9 512 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid