Jahon | 22:15 / 30.07.2020
3608
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda ko‘chada himoya niqobi taqish majburiy qilindi

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga ko‘chalarda tibbiy niqoblar taqishni majburiy qildi. Respublikaning sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoyning ta'kidlashicha, ushbu talabni bajarmaydiganlar jarimaga tortiladi. 

Foto: imago

“2020 yilning 30 iyulida sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga ko‘chalarda jamoat joylarida niqoblarni taqishni majburiy qilish haqida buyruq chiqardi. Biz nafaqat Qozog‘istonda, balki bir qator xorijiy davlatlarda niqoblarni hamma yerda - yopiq joylarda, transportda, ochiq havoda taqish majburiy qilinganini ko‘rsatuvchi xalqaro tajribani o‘rgandik”, deb aytgan Tsoy matbuot anjumanda.     

Vazirning ta'kidlashicha, bu chora koronavirusga chalinish holatlari kamayishi bo‘yicha ijobiy dinamikani mustahkamlash maqsadida kiritilmoqda. 

Qozog‘istonda so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish holatlari soni 1472 tani tashkil qilgan. Umumiy kasallanganlar soni 87664 nafarga yetgan. Sog‘ayib ketganlar 57,8 ming nafarni, vafot etganlar 7936 nafarni tashkil qilmoqda.

29 iyulda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan karantin choralarini yana 2 haftaga uzaytirishni buyurdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid