Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV yana 5 o‘lim haqida xabar berdi. Rasmiy statistikada jami o‘lim holatlari soni 140ga yaqinlashdi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 30 iyulda ham kun davomida, standart muayyan soatlarda koronavirusdan yana 5ta o‘lim holati haqida xabar berdi. Endilikda SSV rasman qayd etgan qurbonlar soni 136tani tashkil etmoqda.
Bugun Buxoroda bir, Toshkent shahrida uch, Sirdaryoda bir o‘lim holati qayd etildi.
Birinchi o‘lim. Buxoroda 11 iyul kuni tana harorati ko‘tarilgan va 17 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 68 yoshli ayol vafot etdi.
Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 68 yoshli M.M. (ayol)da joriy yil 11 iyul kunidan tana harorati ko‘tarilgan va uy sharoitida davolangan. 17 iyul kuni esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Ikkinchi o‘lim. 9 iyul kuni koronavirus aniqlangan va 15 iyul kuni Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan 57 yoshli erkak bemor vafot etdi.
Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli Z.I. (erkak)da 9 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va u 15 iyul kuniga qadar uy sharoitida davolangan.
15 iyul kuni hansirash, nafas siqishi, oyoq-qo‘l sovushi paydo bo‘lgandan so‘ng Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga olib kelingan, bemorning holati og‘irligi inobatga olinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Bemorga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklari bo‘lgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasidan vafot etgan.
Uchinchi o‘lim. 15 iyul kuni koronavirus aniqlangan va 22 iyul kuni Ibn Sino nomli 1-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan 60 yoshli ayol vafot etdi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.A. (ayol)da 15 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan. 22 iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, klinik belgilar kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelingan, holati og‘irligi inobatga olingan holda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.
Bundan tashqari, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
To‘rtinchi o‘lim. 15 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va 18 iyul kuni Ibn Sino nomli 1-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan 60 yoshli erkak bemor vafot etdi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (erkak)da 15 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan. 18 iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, so‘ng kasallikning klinik belgilari kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib kelingan va og‘ir holatda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Bemorga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromdan vafot etgan.
Beshinchi o‘lim. Sirdaryoga mehnat safariga borgan 59 yoshli toshkentlik erkak koronavirusdan vafot etdi. Unda 14 iyul kun koronavirus aniqlanib, Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgandi.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 59 yoshli Q.R. 17 iyundan Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgan. Unda 14 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemorda Covid-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemorda kandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar borligi aniqlangan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.
Mavzuga oid
18:29 / 22.10.2021
O‘zbekistonda kovid qurbonlari soni rasman 1300ga yetdi, SSV kunlik holatlar kamaymayotganini ma'lum qildi
19:46 / 08.07.2021
Qonunchilik palatasi deputati koronavirus tufayli vafot etdi
10:08 / 08.04.2021
Koronavirus: So‘nggi bir kunda 200ga yaqin holat aniqlanib, bir bemor vafot etdi
10:07 / 07.04.2021