Bir kunda 700ga yaqin yangi holat qayd etildi. Jami holatlar soni 23 mingdan oshgan
O‘zbekistonda 30 iyul kuni 686 kishiga kasallanish tashxisi qo‘yildi va jami holatlar soni 23 ming 271taga yetdi.
«Shu yilning 30 iyul kuni mamlakatimizda 686 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 58 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 628 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun respublikaning 11 hududida yangi kasallanish holatlari qayd etildi. Bu qatorasiga to‘rtinchi kun kunlik holatlar soni 700ga yaqin bo‘lishidir.
Yangi holatlar (+686)
Karantin:
- Toshkent shahridagi karantin markazida 58 holat (barchasi xorijdan kelganlar orasida);
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
- Toshkent shahrida 284 holat;
- Toshkent viloyatida 162 holat;
- Samarqand viloyatida 43 holat;
- Buxoro viloyatida 40 holat;
- Andijon viloyatida 23 holat;
- Sirdaryo viloyatida 20 holat;
- Surxondaryo viloyatida 15 holat;
- Navoiy viloyatida 11 holat;
- Namangan viloyatida 11 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 10 holat;
- Qoraqalpog‘iston 9 holat.
Tuzalganlar (+743)
30 iyul kuni respublikaning 10 hududida jami 743 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 13680 nafarga yetdi.
- Toshkent shahrida 441 nafar;
- Toshkent viloyatida 152 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 48 nafar;
- Andijon viloyatida 33 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 16 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 15 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 13 nafar;
- Namangan viloyatida 13 nafar;
- Buxoro viloyatida 6 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 6 nafar.
O‘lim holatlari (+5)
Bugun Buxoroda bir, Toshkentda uch, Sirdaryoda yana bir bemor kasallikdan vafot etdi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 136taga yetdi.
- Buxoroda 11 iyul kuni tana harorati ko‘tarilgan va 17 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 68 yoshli ayol vafot etdi.
- Toshkentda 9 iyul kuni koronavirus aniqlangan va 15 iyul kuni Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan 57 yoshli erkak bemor vafot etdi.
- Toshkentda 15 iyul kuni koronavirus aniqlangan va 22 iyul kuni Ibn Sino nomli 1-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan 60 yoshli ayol vafot etdi.
- Toshkentda 15 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va 18 iyul kuni Ibn Sino nomli 1-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan 60 yoshli erkak bemor vafot etdi.
- Sirdaryoda 14 iyul kun koronavirus aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan toshkentlik 59 yoshli erkak bemor vafot etdi.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 455 nafar bemordan 436 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 70 467 nafar, statsionar karantinda esa 22 789 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
15:02 / 23.04.2021
Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha ketma-ket ikkinchi kun rekord qayd etildi
11:05 / 23.04.2021
Karantin: Andijon davlat universitetida o‘qish jarayonlari onlayn tartibga o‘tkazildi
17:40 / 22.04.2021
Hindistonda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi
18:32 / 21.04.2021