Jamiyat | 11:00 / 04.08.2020
14356
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Abituriyentlar uchun onlayn videodarslar istalgan vaqtda va joyda

2020 yilning 1 may kuni Mentalaba.uz loyihasi ishga tushirildi. Loyiha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining yuqori sinf va akademik litsey o‘quvchilari hamda abituriyentlarga mo‘ljallangan bo‘lib, Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun zarur bo‘lgan asosiy fanlardan zamonaviy onlayn ta'lim kurslarini taqdim etadi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun, www.mentalaba.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish va mavjud onlayn videokurslardan biriga obuna bo‘lishning o‘zi yetarli. 

Kirish imtihonlariga onlayn tayyorlanish an'anaviy tayyorlov kurslariga qatnashdan tubdan farq qiladi. Onlayn darslarni o‘rganish uchun foydalanuvchi biror joyga borishi shart emas. Foydalanuvchining kompyuter/smartfon/plansheti va internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lishining o‘zi yetarli.  Natijada, abituriyent dars jadvalini o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilaydi. Qolaversa, transport uchun ketadigan vaqt va xarajatlarni tejaydi. Shuningdek, onlayn darslar o‘quv markazlari mavjud bo‘lmagan chekka hududlarda istiqomat qiluvchi abituriyentlarga ham sifatli ta'lim olish imkoniyatini yaratadi. 

Mentalaba.uz portalining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:

Xalqaro tajriba

Kurslar Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti va Seul milliy universiteti mutaxassislari, hamda Toshkent shahridagi Puchon universiteti talabalari tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.

Kurslarning tuzilishi

Fanlar bo‘yicha videokurslar har biri 20-30 daqiqa davom etuvchi 120 videodarsni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun test va topshiriqlar ham mavjud.

Original video kontent

O‘zbekistondagi yaxshi bilim va tajribaga ega repetitor-o‘qituvchilari tomonidan sinflar va mavzular bo‘yicha ketma-ketlikda biologiya, fizika, kimyo, ingliz tili, ona tili, matematika, geometriya, tarix fanlari bo‘yicha jamlangan yuqori sifatli darslar o‘zbek tilida tayyorlangan.

Istalgan joyda va vaqtda o‘rganish

Onlayn videodarslardan 24/7 davomida istalgan joyda foydalanish imkoniyati. Buning uchun sifatli internet bo‘lsa bas. Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari har doim foydalanuvchilarning muammolarini yechishga ko‘maklashishga tayyor.

Mazkur onlayn kurslardan ixtiyoriy foydalanuvchilar, shu jumladan, maktab, kollej va litsey o‘quvchilari, shuningdek o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin. Hozirda portalda oliy ta'lim muassasalarining aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi barcha yo‘nalishlarida kirish imtihonlari uchun zarur bo‘lgan fanlardan 2000 soatdan ortiq onlayn darslar mavjud. Onlayn kurslar bazasi muntazam yangi darslar bilan to‘ldirib boriladi. Serverlarimiz TAS-IX da joylashganligi sababli, foydalanuvchilarning internet xarajatlari oshib ketmaydi.

Endi barcha foydalanuvchilar Mentalaba.uz portalidan 2 kun davomida bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. Buning uchun 2020 yilning 31 avgustiga qadar shu yerda ro‘yxatdan o‘ting va MTB2020 promokodini aktivlashtiring. Biz asoslarni o‘rgatmaymiz, biz chuqur bilimlarni taklif qilamiz. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling.

Batafsil ma'lumot uchun:

Sayt: mentalaba.uz

Telefonlar: +99890 9292977, +99897 4600034

BestEdLab haqida

BestEdLab kompaniyasi barcha yoshdagi va turlicha qiziqishga ega foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan yangi onlayn ta'lim tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Ushbu onlayn ta'lim tizimi nafaqat markaziy shaharlarda balki, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi abituriyentlar va o‘quvchilarga ham onlayn dars olish imkonini yaratadi. Kompaniyaning yana bir maqsadi o‘zbek tilidagi onlayn videodarslarni yaratish va .uz domeni rivojiga hissa qo‘shishdan iborat. Bu maqsad uchun xorij tajribasi, yuqori bilim va tajribaga ega mutaxassislar xizmati hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanilmoqda.

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid