Jamiyat | 15:48 / 04.08.2020
13987
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Sardobada Toshkent shahriga ajratilgan mahallada ta'mirlash ishlari yakunlandi

«Sardoba» suv omboridagi avariya oqibatida talafot ko‘rgan va tiklash ishlari Toshkent shahar hokimligiga yuklatilgan Sirdaryo viloyatidagi Saxovat mahallasida ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari yakuniga yetdi.

Poytaxt hokimligidan ma'lum qilishlaricha, Qurbon hayiti arafasida mahalla ahliga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

«Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan Saxovat mahallasi o‘rnida qurilgan Yangi Toshkent mahallasidagi 131ta xonadon egalariga bayram munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi tomonidan 5 kg guruch, 5 kg un, 5 kg shakar, 2 litr yog‘ va 2 kg go‘sht mahsulotlari tarqatildi», – deyiladi xabarda.

Hokimlik qayta tiklangan mahalla suratlarini taqdim etdi. Unda Yangi Toshkent deb nom olgan hududdagi ayrim ko‘chalarga poytaxt tumanlari nomi berilganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid